Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING QARORI

XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING QARORI

11 январь 2023 йил
143
0

Baxmal tumaniqishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 2023 yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlashto‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasi hamda
437-moddalariga asosan 2023 yil uchun Baxmal tumanida belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslarni mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 2023 yilga yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash bo‘yicha Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq,  xalk deputatlari Baxmal tumani Kengashi

 

QAROR QILADI:

 

  1. 1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasiga muvofiq Baxmaltumani uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. 2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 437-moddasiga muvofiq mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar (bundan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar mustasno) bo‘yicha mutloq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
  3. 3. Bunda, tuman xalq deputatlari Kengashi, yuqorida 1-2-ilovalar bilanbelgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlarni belgilash huquqiga egaligi ko‘rsatib o‘tilsin.
  4. 4. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari N.Sharipov, tuman
    moliya bo‘limi (I.Kenjayev), tumansoliq insreksiyasi (X.Soatov)larga
    2023 yildagi byudjet-soliq siyosatidagi o‘zgarishlar, soliqlar va to‘lov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlasin.
  5. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining 2022 yil 31 dekabrdagi “Baxmal tumanining 2023 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-52-309-3-44-K/22-sonli qarorining 6- va 7-ilovalari bekor qilinsin.
  6. 6. Mazkur qaror “Baxmal hayoti” gazetasi tahririyati (T.Berdiyev)ga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasiga muvofiq Baxmaltumani uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlari to‘g‘risida yoritish tavsiya etilsin.
  7. 7. Qaror 2023 yil 1 yanvaridan boshlab kuchga kiradi.
  8. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari N.Sharipov zimmalariga yuklansin.

 

 

Tuman Kengash raisi,

tuman hokimi

 


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив