Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021 yil 22 dekabrda “Baxmal tumani qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shahslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shahslar uchun 2022 yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-36-172-3-44-K/21 -sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 24-moddalari, Byudjet kodeksining 99- moddasi, “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2022 yil 11 fevraldagi VI-32-57-3-0-K/22-sonli qaroriga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 22-dekabrda “Baxmal tumani qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shahslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shahslar uchun 2022 yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-36-172-3-44-K/21 -sonli qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutlaq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlar hamda jismoniy shaxslar bo‘yicha (dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlarni qayta ko‘rib chiqib, xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi
QAROR QILADI:
- Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 22-dekabrda “Baxmal tumani qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shahslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shahslar uchun 2022 yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-36-172-3-44-K/21-sonli qarorining Baxmal tumanida yuridik shaxslar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun 2022-yilga yer solig‘i stavkalari to‘g‘risidagi 1-ilovasi mazkur qarorning 1-ilovasiga, jismoniy shaxslar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i stavkalari to‘g‘risidagi 2-ilovasi mazkur qarorning 2- ilovasiga muvofiq o‘zgartirilsin.
- Tuman hokimligi moliya bo‘limi (I.Kenjayev)ga mahalliy byudjetga tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifasi yuklatilsin.
- Mazkur qaror “Baxmal hayoti” gazetasi tahririyati (T.Berdiyev) va tuman hokimligi axborot xizmati (A.Egamberdiyev)larga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasiga muvofiq Baxmal tumani uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlari to‘g‘risida yoritish tavsiya etilsin.
- Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
- Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari N.Sharipov, tuman Moliya bo‘limi boshlig‘i I.Kenjayev hamda tuman Soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i X.Soatov zimmalariga yuklatilsin.
Tuman hokimi
M.Anarbayev