Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Tumandagi Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risida

Tumandagi Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risida

15 март 2022 йил
314
0

Tumandagi ayrim Geografik ob’yektlarning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4sonli farmoyishi 2-ilovasi, 12-bandida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini himoya qilishda mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar nomini abadiylashtirish maqsadida ular istiqomat qilgan mahallarga, ko‘chalarga ushbu harbiy xizmatchilarning nomlarini berish masalasi belgilangan. Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining 2022 yilning 6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 noyabrdagi F-4-sonli farmoyishi 2-ilovasi, 12-bandi ijrosi to‘g‘risidagi hamda Jizzax viloyati hokimi E.Saliyevning “Marhum xizmatchilarning nomlarini mahallarga va ko‘chalarga berish to‘g‘risida”gi 2021 yil 31 dekabrdagi 01-2029-sonli xati to‘g‘risidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Tumanning Qutlug‘obod mahalla fuqarolar yig‘ini, Kaltatoy qishlog‘ida 1989yilning 19-sentyabrda ziyoli oilasida tug‘ilgan Qutlug‘jon Rahmonov Farg‘ona viloyati Quvasoy tumanida harbiy xizmatni o‘tash chog‘ida 2008-yilning 13-noyabrida Qirg‘iziston Respublikasidan noqonuniy yo‘llar orqali o‘tib kelayotgan bir guruh chegara buzuvchilarni to‘xtatishga uringan chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan. Shuningdek, tumanning Gulbuloq qishloq fuqarolar yig‘ini, Olmazor qishlog‘ida 1994 yil 27-iyulda ishchi oilasida tug‘ilgan O‘rozaliyev Shohruh Norjigit o‘g‘li, Surxandaryo viloyati, Mizrabot tumanida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan. Qutlug‘obod mahallasi faollari taklifiga binoan, shuningdek viloyat hokimining xati ijrosi yuzasidan 2021 yilning 7 aprelidagi Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining 161/27-6-sonli sessiyasida marhum Qutlug‘jon Rahmonovning xotirasiga bag‘ishlab o‘zi yashagan Kaltatoy qishlog‘i ko‘chasiga berilgan “Qutlug‘jon” nomi “Qutlug‘jon Rahmonov” nomiga o‘zgartirib, qayta nomlash taklifi kiritilgan. Shuningdek, Gulbuloq qishloq fuqarolar yig‘ini tomonidan marhum O‘rozaliyev Shohruh yashagan “Feruz” ko‘chasi nomini “Shohruh O‘rozaliyev” nomiga o‘zgartirib, qayta nomlash taklifi kiritilgan. Kiritilgan takliflar yuzasidan 2022 yilning 7 yanvarida Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Jizzax viloyati komissiyasiga tuman Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha komissiyasining 01-22-sonli xati yuborilgan. Yuborilgan nomlar respublika ekspert komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan va 2022 yil 14 fevralda 01-14-158-sonli ijobiy hulosasi kelib tushgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni inobatga olib, Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi 

QAROR QILADI:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 noyabrdagi F-4-sonli farmoyishi 2-ilovasi, 12-bandi ijrosi to‘g‘risidagi Jizzax viloyati hokimi E.Saliyevning “Marhum xizmatchilarning nomlarini mahallarga va ko‘chalarga berish to‘g‘risida”gi 2021 yil 31 dekabrdagi 01-2029-sonli xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Eksport komissiyasining Baxmal tumani komissiyasi tomonidan taqdim etilgan jami 2 ta geografik ob’yektlarni qayta nomlash bo‘yicha taklifiga 2022-yil 14-fevralda 01-14-158-sonli ijobiy hulosasi, hamda tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Ko‘liyevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin va nomi o‘zgargan ko‘chalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Tuman ichki ishlar bo‘limi (A.Jalolov)ga nomlari o‘zgartirilgan ko‘chalari to‘g‘risida fuqarolik pasportlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilasin.
  4. Tuman hokimining o‘rinbosari-Mahalla oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i (B.Mirzabekov) yangi nomlangan ko‘cha nomlariga bog‘liq mahallalardagi ishlarni tashkil qilish va yakuniga yetkazish vazifasi yuklatilsin.
  5. Tuman Kadastr bo‘limi (S.Abduvohidov) va tuman statistika bo‘limi v.b (A.Eshonqulov)larga nomi o‘zgargan geografik ob’yektlarni tuman xaritasida ham o‘zgartirish, shuningdek tegishlicha tuman statistika ma’lumotlarini o‘zgartirish vazifalari yuklatilsin.
  6. “Baxmal hayoti” gazetasi tahririyati (T.Berdiyev) va tuman hokimligi axborot xizmati (A.Egamberdiyev)larga O‘zbekiston Respublikasi “Georafik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi hamda “Davlat tili haqida” gi Qonunlari talablari asosida ushbu olib borilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
  7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va tuman hokimining o‘rinbosari X.Xo‘jamurotov zimmasiga yuklatilsin.

Tuman hokimi

M.Anarbayev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив