Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » 2021 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida

2021 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida

05 май 2022 йил
303
0

2021 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori, shu bo‘yicha xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining 2021 yil 17 apreldagi  169/27-6-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Baxmal tuman byudjеti mablag’larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo’naltirish tartibi to’g’risidа”gi nizomning 27-, 29-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR  QILADI:

  1. Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining 2021 yil 17 apreldagi 169/27-6-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Baxmal tuman byudjеti mablag’larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo’naltirish tartibi to’g’risidа”gi nizomning 27-bandiga asosan 2021 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri I.Kenjaevning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. 2021 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar, ya’ni tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar va tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotga ilovalar 1-ilovaga asosan;

Baxmal tuman Xalq ta'limi bo‘limi (K.Gulboev), Maktabgacha ta'lim bo‘limi (O.Kamolova) va Obodonlashtirish boshqarmasi (M.Abdullaev) lari tomonidan 2021-yilda o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayoni yakunlariga ko‘ra ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar bilan shartnomalarga muvofiq yakuniy mablag‘larga nisbatan bo‘shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamg‘armaga qayta tiklash miqdori  2-ilovaga asosan tasdiqlansin.

  1. Xalq deputatlar Baxmal tuman kengashining 2022 yil 8 yanvardagi “Baxmal tumanining 2022 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida” gi №37-2-3-44-k/22 son qaroriga asosan 2022 yil fuqorolar tashabbusli byudjet jamg‘armasi uchun mahalliy byudjetning 5 foizi miqdorida ya'ni 7 mlrd 098 mln so‘m mablag‘ ajratilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Tuman hokimligi bosh hisobchisi (I.Xolboeva) tasdiqlangan byudjet parametrlarida fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi uchun ajratilgan mablag‘ning 50 foizi ya'ni 3 mlrd 550.0 mln so‘mni tuman hokimligi xuzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna xisobvarag‘iga 2022 yil 1 fevralga qadar o‘tkazilishini (401722860082047019909018001 sh.x.v)  ta'minlasin.
  3. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (I.Kenjaev) hamda tuman g‘aznachilik bo‘linmasi v.v.b (J.Shodiyorov) shartnomalarga muvofiq yakuniy mablag‘larga nisbatan bo‘shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamg‘armaga belgilangan tartibda qayta tiklash va tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni tuman hokimligi axborot xizmati (A.Egamberdiev) bilan birgalikda keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq byudjet” axborot portali hamda tumanning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 25 sanasiga qadar joylashtirib borish vazifalari yuklatilsin.

6.Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi va tuman hokimimg moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari N.Sharipov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

 

Tuman Kengashi raisi,
tuman hokimi
M.Anarbaev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив