Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60

Pensiyalarni to‘lash tartibi

11 март 2022 йил
570
0

Пенсияларни ҳисоблаб чиқаришда эътиборга олинадиган иш ҳақи турлари

Pensiyalar komissiyaning qarorida ko‘rsatilgan miqdor hamda muddatlardan kelib chiqib to‘lanadi.

Ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot yoki pensionerning xohishiga ko‘ra pul mablag‘larini fuqarolarning depozit hisob raqamlariga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan tijorat bankining filiali orqali to‘lanadi.

Ishlamaydigan shaxsga pensiya va nafaqa to‘lovi shakli ushbu Nizomga 16-ilovaga muvofiq shakldagi arizaga asosan aniqlanadi.

Shaxsning tanlovi bo‘yicha unga to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya summasi, bir vaqtning o‘zida pensiya to‘lovining bir nechta shaklidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.

To‘lov shakli shaxs tegishli ariza bilan murojaat etgan yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani (bajarilgan ishlar dalolatnomasini) taqdim etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab o‘zgartiriladi yoki tiklanadi.

Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya to‘lovi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan manzil-koloniya ma’muriyati orqali mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Manzil-koloniya ma’muriyati har oyning 1-sanasiga qadar joriy oy uchun manzil-koloniyada jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to‘lovi uchun mablag‘larni olishga ushbu Nizomga 17-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha talabnomani manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etadi.

Pensiyalarni bank plastik kartochkalari orqali to‘lash uchun mablag‘larni o‘tkazish Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma asosida amalga oshiriladi.

Haqiqatda moliyalashtirilgan mablag‘lar to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma elektron shaklda taqdim etilgan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki filiali tomonidan pensioner yoki nafaqa oluvchi uchun ochilgan 22617 — “Pensionerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari” hisobvarag‘iga kirim qilinadi.

To‘liq bo‘lmagan oy kunlari uchun pensiya to‘lovi summasi quyidagi tartibda aniqlanadi:

tayinlangan pensiya summasi tegishli oyning kalendar kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan bir kun uchun to‘lov summasi aniqlanadi;

bir kun uchun to‘lov summasi pensiya to‘lovi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli oyning kalendar kunlari soniga ko‘paytiriladi.

Tijorat bankining filiali orqali pensiya oladigan pensioner har 6 oyda pensiya to‘laydigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga kelish yo‘li bilan o‘zining pensiya summasini olish huquqini tasdiqlashi zarur.

Pensioner belgilangan muddatda Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga kelmagan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi xodimlari o‘n kun mobaynida:

uning tirik ekanligi;

ishga joylashganligi;

yashash joyi o‘zgarganligi yoki chet elga ketganligi;

jazoni o‘tash joylarida ekanligi;

keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning internat uylarida (pansionatlarida) yashayotganligi holatlarini aniqlash uchun pensioner yashaydigan joyga boradilar.

Olinadigan pensiyaga pensionerning huquqi tasdiqlangan taqdirda pensiyani to‘lash navbatdagi 6 oyga davom ettiriladi.

Pensionerning huquqlari tasdiqlanmagan taqdirda pensiyani to‘lash fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tegishli organi vakillari va qo‘shnilar ishtirokida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi xodimlari tomonidan tuzilgan to‘lanayotgan pensiyani to‘lashga va uning miqdori asoslanganligiga ta’sir ko‘rsatuvchi holatni tasdiqlaydigan dalolatnoma asosida to‘xtatib turiladi.

Ko‘rsatib o‘tilgan dalolatnoma asosida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiyani to‘lashni to‘xtatib turish (to‘xtatish) yoki uning miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladi.

 

Y.Lapasov

Buyjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Bahmal tuman bo’limi Pensiya va nafaqalar

Tayinlash va to’lovlarni tashkil

qilish katta inspektori

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив