Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalarini to‘lashga xarajatlarni qoplash

Mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalarini to‘lashga xarajatlarni qoplash

06 январь 2022 йил
362
0

Pensionerning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi har oyda keyingi oyning 1-sanasiga qadar tashkilotga mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalarini to‘lashga xarajatlarni qoplash to‘g‘risida regress talabnomani yuboradi.

Tashkilotlar har oyda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda olingan mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalari to‘langan oydan keyingi oyning 25-sanasigacha mazkur xarajatlarni qoplovchi to‘lovni Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazadi.

Pensionerning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi har oyda oyning 15-sanasigacha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga mazkur Nizomning  ko‘rsatilgan Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining xarajatlari bo‘yicha qarzdorligi summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

Pensionerning hisobga turgan joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari mazkur Nizomning ko‘rsatilgan pensiyalarni to‘lashga sarflangan mablag‘larning, ular tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq regress da’vo arizalari bo‘yicha tashkilotlardan undirilishini ta’minlaydilar.

Xodim mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini har xil ish beruvchilarda yo‘qotgan taqdirda har bir ish beruvchi mablag‘larni solidar tartibda qoplaydi.

Agar mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasini birlamchi aniqlashda (birinchi ish beruvchida) nogironlik guruhi belgilanmagan bo‘lib, keyinchalik esa yangi olingan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasi nogironlik guruhini belgilash bilan birga oshirilgan bo‘lsa, pensiyalarni to‘lashga sarflangan Pensiya jamg‘armasi xarajatlarini qoplash nogironlik guruhi qaysi ish beruvchi davrida belgilangan bo‘lsa, shu ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi uchun javobgar tashkilot tugatilgan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tashkilotning tugatish kuniga tayinlangan pensiya miqdorida kapitallashtirilishni hisobga olgan holda ajratmalarni majburiy ravishda quyidagi tartibda amalga oshiradi:

1) mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo‘yicha pensiyalarni to‘lashga:

agar nogironlik muayyan davrga belgilangan bo‘lsa, nogironlikning amal qilish muddatiga, biroq kamida besh yil uchun;

agar nogironlik muddatsiz belgilangan bo‘lsa, ajratmalarni hisoblab chiqish sanasida xodimlar O‘zbekiston Respublikasida kutilayotgan umr ko‘rish yoshiga yetgungacha bo‘lgan muddatga;

2) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari bo‘yicha mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga nisbatan:

o‘n sakkiz yoshga yetmagan oila a’zolariga — ular ushbu yoshga yetgunlariga qadar;

vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini boqish bilan mashg‘ul bo‘lgan oila a’zolariga — boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralari, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar;

ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, erga — agar ular nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar, shuningdek buva va buviga — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa, ajratmalarni hisoblab chiqish sanasida ular O‘zbekiston Respublikasida kutilayotgan umr ko‘rish yoshiga yetgunga qadar bo‘lgan muddatga.

 

Х.Abdunazarov

BTPJ Baxmal tuman bo’limi

Pensiya va nafaqalarni to’lovlarni

tashkil etish,Tayinlash sho’basi

etakchi inspektori

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив