Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60

Pensiyani hisoblash tartibi

15 март 2022 йил
334
0

2019 йил 1 январдан даромад солиғи миқдори камаядими? - Халқ сўзи

Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shaxs murojaat qilgandan keyin uning talabi bo‘yicha ushbu Nizomga 12 va 13-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tashkilot, shuningdek arxiv tomonidan beriladi.

Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shaxsiy hisob raqamlari va hisoblangan ish haqi to‘g‘risidagi boshqa hujjatlar asosida pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan yoki vafot etgan boquvchi ishlagan tashkilot tomonidan beriladi. Agar tashkilot tugatilgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tashkilotning huquqiy vorisi yoki davlat arxivi tomonidan beriladi.

Arxiv saqlanayotgan hujjatlar asosida ish haqi turlari bo‘yicha hisoblangan summalarni yoyib ko‘rsatgan holda belgilangan shakl bo‘yicha ish haqi turlari bo‘yicha ma’lumotnoma berish imkoniga ega bo‘lmagan hollarda, arxiv fondidagi mavjud hujjatlarga muvofiq ma’lumotnoma yoki ma’lumotlar berishi mumkin.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda pensiyani hisoblash uchun:

a) O‘zbekiston Respublikasida tegishli kasb va malaka xodimining ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma — O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan fuqarolar uchun.

Respublikada bunday kasb va malaka bo‘lmagan taqdirda ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi;

b) mualliflik gonorari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar — ijodiy uyushmalar a’zolari va ijodiy uyushmalarning a’zolari hisoblanmagan boshqa ijodiy xodimlar uchun.

1991-yil 1-yanvardan so‘ng ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar, shuningdek band bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnomalarni taqdim etadilar.

 Ish haqi hisoblangan ish haqi summasidan olinadi.

Ish haqini guvohlar ko‘rsatmasi asosida aniqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Lavozim maoshlari shtat jadvalidan ko‘chirmalar va jamoat tashkilotlarining a’zolik biletlari haqiqiy ish haqini tasdiqlaydigan hujjat o‘rnini bosa olmaydi.

Arxiv ma’lumotlarini taqdim etmasdan ish haqi miqdorini aniqlash:

2005 — 2016-yillar davri uchun — jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan;

2016 — 2018-yillar davri uchun — fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan;

2019-yil uchun — fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan;

2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — “YaMMT” IDAKda mavjud ma’lumotlardan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qisman mavjud bo‘lmagan hollarda mavjud bo‘lmagan davrlar uchun ish haqini aniqlash uchun mintaqaviy koeffitsiyent hisobga olinmasdan, qonun hujjatlarida tegishli davrlar uchun belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari qabul qilinadi.

Pensiya tayinlash uchun berilgan hujjatlarda ishonchsiz ma’lumotlar yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni buzadigan tuzatishlar aniqlanganda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya tayinlashgacha ularni tekshirishi yoki qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etish yoki ish haqi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnomalarga tushuntirishlar berish to‘g‘risida yozma so‘rov yuborishi shart.

 

X.Abdunazarov

Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Bahmal tuman bo’limi boshlig’i o’rinbosari

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив