Baxmal tumanining 2023-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 24-moddalari, Budjet kodeksining 99-moddasi, “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda Jizzax viloyat moliya bosh boshqarmasining 2022-yil 30-dekabrdagi 01-20-08-01-33/163-sonli xatini inobatga olib, Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi
QAROR QILADI:
- 2023-yilgi Baxmal tumani mahalliy budjetiga viloyat mahalliy budjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfert 103 426 789 ming so‘m miqdorida tasdiqlanganligi, tuman mahalliy budjeti daromadlari prognozi o‘tkazib beriladigan daromadlar bilan birgalikda 97 546 944 ming so‘m va mahalliy budjet xarajatlarining cheklangan miqdori esa 200 973 733 ming so‘m miqdorida belgilanganligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
- 2023 yilda tuman budjeti daromadlar qismining o‘ziga hos xususiyatlari;
- a) Mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘idan tushumlar 2022-yil 1-iyul holatiga ko‘ra tuman aholisining viloyat aholisidagi ulushiga muvofiq o‘tkazib berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- b) Quyidagi soliq turlari tuman mahalliy budjetiga to‘liqligicha o‘tkazib berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
- Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
- Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
- Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
- Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i;
- davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari;
- Aksiz solig‘i: - benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiyasidan soliq;
- v) Quyidagi soliq turlari tuman mahalliy budjetiga qisman (20 % miqdorida) o‘tkazib berilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
- Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
- Yuridik shaxslar yer solig‘i;
- Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq (noruda);
2023-yil uchun tuman mahalliy budjeti daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman mahalliy budjetidan 2023-yilgi hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Umum davlat soliqlaridan mahalliy budjetga ajratmalar miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman mahalliy budjetining 2023-yil uchun daromadlari va xarajatlarining chegaraviy hajmlari hamda viloyat budjetidan tuman mahalliy budjetiga o‘tkaziladigan tartibga soluvchi transfert miqdori 4-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- 2023-yil uchun tuman budjeti shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida turgan budjet mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 5-ilovaga muvofiq belgilansin.
- 2023 yil uchun zaxira jamg‘armalari mahalliy budjetning tasdiqlangan xarajatlarining kamida 1 foizi miqdorida shakllantirilishi belgilanganligidan kelib chiqib, 2023-yil uchun tuman mahalliy budjeti zaxira jamg‘armasi 1 895 979.0 ming so‘m miqdorida tasdiqlansin.
Tuman hokimligi zaxira jamg‘armasi mablag‘larini tuman budjetida ko‘zda tutilmagan, kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishini ta’minlasin.
- Tuman budjetining jami xarajatlarining 5 foizi ya’ni 9 479 893.0 ming so‘m “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” uchun rejalashtirilsin hamda shakllangan qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ushbu jamg‘armaga yo‘naltirsin. Bunda xalq deputatlari, Yoshlar ishlar agentligi, tuman hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashlari hamda hokim yordamchilari, budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida aholiga keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishga masul etib belgilansin.
- Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlar 6-ilovaga hamda jismoniy shaxslar bo‘yicha (dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallagan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlar 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunga ko‘ra, tuman davlat soliq inspeksiyasi (X.Soatov) tasdiqlangan koeffisiyentlar va soliq stavkalariga muvofiq 2023-yil uchun jismoniy va yuridik shaxslarga yer solig‘ini hisoblash vazifasi yuklatilsin.
- Tuman budjetida shakllangan qo‘shimcha manbalar tegishincha tuman Kengashi tomonidan tuman hokimligi takliflari asosida, Kengashlar qarorlariga asosan foydalanilishi belgilansin. Bunda, shakllanadigan qo‘shimcha manbalardan birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish nazarda tutilsin.
- Tuman hokimligi hududiy budjet mablag‘lari taqsimlovchilar bilan birgalikda:
tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat va dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarini yetarli darajada rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirilishini ta’minlash;
mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’yektlar ro‘yxati, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarini moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar hokimlik tomonidan majburiy tartibda o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtirish;
- Tuman hokimligi Qonunga muvofiq tegishli ravishda budjet mablag‘lari taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlarini tuman Kengashiga kiritib borilishini ta’minlasin.
- Tuman hokimligi budjet daromadlari va xarajatlarining ko‘rsatkichlarini bajarilishini ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish hamda iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan qat’iy nazoratni o‘rnatishi uchun Kengashga axborot kiritsin.
- Mazkur qaror “Baxmal hayoti” gazetasida rasmiy e’lon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
- Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimligi zimmasiga yuklatilsin.
М.Анарбаев
Tuman Kengashi raisi,
tuman hokimi
|
|||||
Jizzax viloyati Baxmal tumani mahalliy byudjetining daromadlarining | |||||
2023 yildagi asosiy prognoz ko‘rsatkichlari | |||||
ming so‘mda | |||||
T/R | Daromad turlari | Jami daromadlar (Kontengent) | Shu jumladan taqsimlanishi | ||
Tuman byudjetiga | Viloyat byudjetiga | ||||
JAMI | 119 715 558 | 97 546 944 | 22 168 614 | ||
I | Taqsimlanuvchi daromadlar | 26 738 478 | 26 738 478 | 0 | |
shu jumladan: | |||||
1 | Alkogolga aksiz solig‘i (shu jumladan pivo) | 10 817 085 | 10 817 085 | 0 | |
2 | Mobil aloqaga aksiz solig‘i | 4 639 900 | 4 639 900 | 0 | |
3 | Tamaki maxsulotlariga aksiz solig‘i | 11 281 493 | 11 281 493 | 0 | |
II | Daromadlar jami | 92 977 080 | 70 808 466 | 22 168 614 | |
1 | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (YATT) | 722 000 | 722 000 | 0 | |
2 | Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq | 4 205 000 | 4 205 000 | 0 | |
3 | Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i | 9 950 000 | 9 950 000 | 0 | |
4 | Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq | 652 272 | 652 272 | 0 | |
5 | Davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari | 46 000 | 46 000 | 0 | |
6 | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i | 50 374 291 | 50 374 291 | 0 | |
7 | Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i | 4 292 922 | 858 584 | 3 434 338 | |
8 | Aksiz solig‘i, jami | 1 041 617 | 1 041 617 | 0 | |
shu jumladan: | 0 | ||||
- benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizasiyasidan soliq | 1 041 617 | 1 041 617 | 0 | ||
9 | Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq | 1 229 829 | 1 229 829 | 0 | |
10 | Yuridik shaxslar yer solig‘i | 5 231 486 | 1 046 297 | 4 185 189 | |
11 | Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq noruda | 3 412 881 | 682 576 | 2 730 305 | |
12 | Korxonalar aylanmasidan soliq | 5 487 240 | 0 | 5 487 240 | |
13 | Davlat boji | 3 160 868 | 0 | 3 160 868 | |
14 | Yig‘imlar | 441 316 | 441 316 | ||
15 | Jarimalar | 2 418 358 | 0 | 2 418 358 | |
16 | Davlat unitar korxonalari sof foydasidan ajratmalar | 11 000 | 0 | 11 000 | |
17 | Xususiylashtirishdan tushum | 300 000 | 0 | 300 000 | |
18 | Boshkalar | 0 | 0 | 0 | |
|
|||
2023 yil uchun Baxmal tumani byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari | |||
ming.so‘m | |||
№ | Ko‘rsatkichlar | 2023 yil | |
Baxmal tuman bo‘yicha xarajatlari miqdori, Jami | 200 973 733,0 | ||
1 | Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi | 7 597 920,0 | |
2 | Tuman xalq ta’limi bo‘limi | 9 450 183,0 | |
3 | Tuman Tibbiyot birlashmasi | 53 290 373,0 | |
4 | Tuman Madaniyat bo‘limi | 2 372 189,0 | |
shundan | |||
6-son musika va san’at maktabi | 1 497 000,0 | ||
5 | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkilotlari | 1 059 546,0 | |
6 | Tuman irrigasiya bo‘limi | 864 286,0 | |
7 | Tuman fermer, dexkon, xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi | 391 996,0 | |
8 | Tuman obodonlashtirish boshqarmasi | 14 794 241,0 | |
shundan | |||
Yo‘llarini saqlash va ekspluatasiya xarajatlari | 3 000 000,0 | ||
9 | Tuman Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi | 3 113 566,0 | |
10 | Tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi | 497 504,0 | |
11 | Tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi | 577 185,0 | |
12 | Tuman hokimligi Moliya bo‘limi | 1 355 271,0 | |
13 | Tuman maxalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi | 3 847 494,0 | |
14 | Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati | 216 236,0 | |
15 | Xotin qizlar qo‘mitasi | 2 427 700,0 | |
16 | Yoshlar ishlari agentligi | 3 566 767,0 | |
17 | Prezident adminstrasiyasi hududiy tashkilotlari | 664 639,0 | |
shundan | |||
Tuman Xalq qabulxonasi | 111 481,0 | ||
Axborot kutubxona markazi | 553 158,0 | ||
18 | Tuman hokimligi jami | 94 886 637,0 | |
Shundan | |||
Ijtimoiy nafakalar | 76 871 257,0 |
|
||||||||||||||||||||
2023 yil uchun umumdavlat va mahalliy soliq turlaridan Baxmal tuman mahalliy byudjetlariga ajratmalar me’yori | ||||||||||||||||||||
Foiz hisobida | ||||||||||||||||||||
T/R | Shaxar va tumanlar nomi | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i | Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i | YATT uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i | Jismoniy shaxslar yer solig‘i | Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i | Noruda qurilish materiallari uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq | Ijara to‘lovi | Aksiz solig‘i: - benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizasiyasidan soliq | Yuridik shaxslar yer solig‘i | Suv resurslari-dan foydalan-ganlik uchun soliq | Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq | Korxonalar aylanmasidan soliq | Davlat boji | Yig‘imlar | Jarimalar | Dalat unitar korxonalari sof foydasidan ajratmalar | Xususiylashtirishdan tushum | Boshkalar | |
1 | Baxmal tumani | 100 | 20 | 100 | 100 | 100 | 20 | 100 | 100 | 20 | 100 | 100 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Baxmal tuman mahalliy byudjetining 2023 yil daromadlari va xarajatlariing chegaraviy hajmi | |||||
ming so‘mda | |||||
Hudud nomi | Mahalliy budjet soliq tushumlari | O'tkazib beriluvchi daromadlar | Yuqori budjetdan ajratiluvchi tartibga soluvchi transfert miqdori | Xarajat | Farqi |
Baxmal tumani | 70 808 466,0 | 26 738 478,0 | 103 426 789,0 | 200 973 733,0 | 0,0 |
|
|||
2023 yil uchun Baxmal tuman mahalliy byudjetida yo‘l qo‘yiladigan eng kam mablag‘lar miqdori | |||
ming so‘mda | |||
T/r | Hudud nomi | Miqdor | |
1 | Baxmal tumani | 518 000,0 |