O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 24-moddalari, Budjet kodeksining 99-moddasi, “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda Jizzax viloyat moliya bosh boshqarmasining 2022-yil 30-dekabrdagi 01-20-08-01-33/163-sonli xatini inobatga olib, Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi
QAROR QILADI:
2023-yil uchun tuman mahalliy budjeti daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tuman hokimligi zaxira jamg‘armasi mablag‘larini tuman budjetida ko‘zda tutilmagan, kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishini ta’minlasin.
Bunga ko‘ra, tuman davlat soliq inspeksiyasi (X.Soatov) tasdiqlangan koeffisiyentlar va soliq stavkalariga muvofiq 2023-yil uchun jismoniy va yuridik shaxslarga yer solig‘ini hisoblash vazifasi yuklatilsin.
tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat va dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarini yetarli darajada rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirilishini ta’minlash;
mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’yektlar ro‘yxati, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarini moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar hokimlik tomonidan majburiy tartibda o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtirish;
М.Анарбаев
Tuman Kengashi raisi,
tuman hokimi
|
|||||
Jizzax viloyati Baxmal tumani mahalliy byudjetining daromadlarining | |||||
2023 yildagi asosiy prognoz ko‘rsatkichlari | |||||
ming so‘mda | |||||
T/R | Daromad turlari | Jami daromadlar (Kontengent) | Shu jumladan taqsimlanishi | ||
Tuman byudjetiga | Viloyat byudjetiga | ||||
JAMI | 119 715 558 | 97 546 944 | 22 168 614 | ||
I | Taqsimlanuvchi daromadlar | 26 738 478 | 26 738 478 | 0 | |
shu jumladan: | |||||
1 | Alkogolga aksiz solig‘i (shu jumladan pivo) | 10 817 085 | 10 817 085 | 0 | |
2 | Mobil aloqaga aksiz solig‘i | 4 639 900 | 4 639 900 | 0 | |
3 | Tamaki maxsulotlariga aksiz solig‘i | 11 281 493 | 11 281 493 | 0 | |
II | Daromadlar jami | 92 977 080 | 70 808 466 | 22 168 614 | |
1 | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (YATT) | 722 000 | 722 000 | 0 | |
2 | Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq | 4 205 000 | 4 205 000 | 0 | |
3 | Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i | 9 950 000 | 9 950 000 | 0 | |
4 | Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq | 652 272 | 652 272 | 0 | |
5 | Davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari | 46 000 | 46 000 | 0 | |
6 | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i | 50 374 291 | 50 374 291 | 0 | |
7 | Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i | 4 292 922 | 858 584 | 3 434 338 | |
8 | Aksiz solig‘i, jami | 1 041 617 | 1 041 617 | 0 | |
shu jumladan: | 0 | ||||
- benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizasiyasidan soliq | 1 041 617 | 1 041 617 | 0 | ||
9 | Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq | 1 229 829 | 1 229 829 | 0 | |
10 | Yuridik shaxslar yer solig‘i | 5 231 486 | 1 046 297 | 4 185 189 | |
11 | Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq noruda | 3 412 881 | 682 576 | 2 730 305 | |
12 | Korxonalar aylanmasidan soliq | 5 487 240 | 0 | 5 487 240 | |
13 | Davlat boji | 3 160 868 | 0 | 3 160 868 | |
14 | Yig‘imlar | 441 316 | 441 316 | ||
15 | Jarimalar | 2 418 358 | 0 | 2 418 358 | |
16 | Davlat unitar korxonalari sof foydasidan ajratmalar | 11 000 | 0 | 11 000 | |
17 | Xususiylashtirishdan tushum | 300 000 | 0 | 300 000 | |
18 | Boshkalar | 0 | 0 | 0 | |
|
|||
2023 yil uchun Baxmal tumani byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari | |||
ming.so‘m | |||
№ | Ko‘rsatkichlar | 2023 yil | |
Baxmal tuman bo‘yicha xarajatlari miqdori, Jami | 200 973 733,0 | ||
1 | Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi | 7 597 920,0 | |
2 | Tuman xalq ta’limi bo‘limi | 9 450 183,0 | |
3 | Tuman Tibbiyot birlashmasi | 53 290 373,0 | |
4 | Tuman Madaniyat bo‘limi | 2 372 189,0 | |
shundan | |||
6-son musika va san’at maktabi | 1 497 000,0 | ||
5 | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkilotlari | 1 059 546,0 | |
6 | Tuman irrigasiya bo‘limi | 864 286,0 | |
7 | Tuman fermer, dexkon, xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi | 391 996,0 | |
8 | Tuman obodonlashtirish boshqarmasi | 14 794 241,0 | |
shundan | |||
Yo‘llarini saqlash va ekspluatasiya xarajatlari | 3 000 000,0 | ||
9 | Tuman Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi | 3 113 566,0 | |
10 | Tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi | 497 504,0 | |
11 | Tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi | 577 185,0 | |
12 | Tuman hokimligi Moliya bo‘limi | 1 355 271,0 | |
13 | Tuman maxalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi | 3 847 494,0 | |
14 | Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati | 216 236,0 | |
15 | Xotin qizlar qo‘mitasi | 2 427 700,0 | |
16 | Yoshlar ishlari agentligi | 3 566 767,0 | |
17 | Prezident adminstrasiyasi hududiy tashkilotlari | 664 639,0 | |
shundan | |||
Tuman Xalq qabulxonasi | 111 481,0 | ||
Axborot kutubxona markazi | 553 158,0 | ||
18 | Tuman hokimligi jami | 94 886 637,0 | |
Shundan | |||
Ijtimoiy nafakalar | 76 871 257,0 |
|
||||||||||||||||||||
2023 yil uchun umumdavlat va mahalliy soliq turlaridan Baxmal tuman mahalliy byudjetlariga ajratmalar me’yori | ||||||||||||||||||||
Foiz hisobida | ||||||||||||||||||||
T/R | Shaxar va tumanlar nomi | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i | Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i | YATT uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i | Jismoniy shaxslar yer solig‘i | Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i | Noruda qurilish materiallari uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq | Ijara to‘lovi | Aksiz solig‘i: - benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizasiyasidan soliq | Yuridik shaxslar yer solig‘i | Suv resurslari-dan foydalan-ganlik uchun soliq | Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq | Korxonalar aylanmasidan soliq | Davlat boji | Yig‘imlar | Jarimalar | Dalat unitar korxonalari sof foydasidan ajratmalar | Xususiylashtirishdan tushum | Boshkalar | |
1 | Baxmal tumani | 100 | 20 | 100 | 100 | 100 | 20 | 100 | 100 | 20 | 100 | 100 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Baxmal tuman mahalliy byudjetining 2023 yil daromadlari va xarajatlariing chegaraviy hajmi | |||||
ming so‘mda | |||||
Hudud nomi | Mahalliy budjet soliq tushumlari | O'tkazib beriluvchi daromadlar | Yuqori budjetdan ajratiluvchi tartibga soluvchi transfert miqdori | Xarajat | Farqi |
Baxmal tumani | 70 808 466,0 | 26 738 478,0 | 103 426 789,0 | 200 973 733,0 | 0,0 |
|
|||
2023 yil uchun Baxmal tuman mahalliy byudjetida yo‘l qo‘yiladigan eng kam mablag‘lar miqdori | |||
ming so‘mda | |||
T/r | Hudud nomi | Miqdor | |
1 | Baxmal tumani | 518 000,0 |