Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining qarori
Tumandagi aholi punktlari ko‘chalari va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 2 oktyabrdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni 20-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6 hamda 25-moddalariga asosan
Q A R O R Q I L A M A N:
- Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi va tuman hokimligi obodonlashtirish boshqarmasining “Tumandagi aholi punktlari ko‘chalari va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni qabul qilish haqidagi takliflari ma’qullansin va Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman hokimining o‘rinbosari (A.Quljanov), tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi (Sh.Sultonov), tuman hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi (M.Abdullayev) tuman hokimining o’rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i (B.Mirzabekov) bilan hamkorlikda doimiy ravishda tuman hududidagi yo‘llarni saqlash, foydalanish, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlarini tashkil etib borsinlar.
- Mazkur qaror “Baxmal hayoti” gazetasida e’lon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
- Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
- Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni tuman hokimining o‘rinbosari (A.Quljanov), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (M.Abdullayev) va funksional vazifalariga ko‘ra yo‘l sohasiga, tartib ijrosiga mas’ul bo‘lgan boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilsin.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
15 март 2022, Вторник
Tumandagi Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risida
15 март 2022, Вторник
Tumandagi Geografik ob’yektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risida
Изоҳлар (0)