Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » “Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF-218-son, 09.09.2022 y.) qabul qilindi.

“Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF-218-son, 09.09.2022 y.) qabul qilindi.

10 октябрь 2022 йил
355
0

Farmonga ko‘ra, foydalanilmayotgan ob’ektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha:

• mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;

• soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

2022 yil 1 iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrda ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida undirilgan soliq kelgusi to‘lovlar hisobiga mulkdorlarga qaytariladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 iyuldan bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish ob’ektlariga hamda ushbu ob’ektlar bilan band yerga mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibi bekor qilingan.  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив