Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» Tumanda 2023 yilda transport vositalarini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish to’g’risida

Tumanda 2023 yilda transport vositalarini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish to’g’risida

04 январь 2023 йил
251
0

“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekistan Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalari, “Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunining 17-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 9 martdagi 125-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizomga (keyingi o’rinlarda – Nizom) muvofiq transport vositalarining 2023 yilda majburiy texnik ko’rigini tashkil qilish maqsadida,

 

Q A R O R      Q I L A M A N:

 

  1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qathiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan transport vositalari majburiy texnik ko’rikdan o’tkazilsin.
  2. Tumanda transport vositalarini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish bo’yicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo’lgan transport vositalarining 2023-yilgi majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko’rikdan o’tkazilsin:

tijorat asosida yo’lovchilar tashish faoliyati bilan shug’ullanuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o’rindiqlar soni 8 ta va undan ortiq bo’lgan (haydovchining o’rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og’ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularning tirkamalari — bir yilda ikki marta;

ishlab chiqarilganiga o’n yildan ko’p bo’lmagan transport vositalari (mazkur bandning  ikkinchi xatboshisida ko’rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;

ishlab chiqarilganiga o’n besh yildan ortiq bo’lgan, shuningdek, ishlab chiqarilgan vaqti aniq bo’lmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko’rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;

tirkamalar texnik ko’rikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;

navbatdagi texnik ko’rikdan o’tkazishning ilgari o’rnatilgan muddatlaridan qathi nazar, ularni Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o’rinlarda - DYHXX) organlarida ro’yxatdan o’tkazish (qayta ro’yxatdan o’tkazish) vaqtida (birinchi marta ro’yxatga olinayotgan yangi transport vositalari bundan mustasno).

  1. Mazkur qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshisidako’rsatilgan transport vositalarining texnik ko’rigi:

birinchi marta – 1 martdan 30 iyungacha;

ikkinchi marta – 1 sentabrdan 31 oktabrgacha o’tkaziladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boshqa transport vositalarining texnik ko’rigi 1-yanvardan – 31-dekabrgacha o’tkaziladi.

  1. Transport vositalarini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish tuman komissiyasi rahbariga transport vositalarining texnik ko’rikdan o’tkazishda:

transport vositasini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi guvohnomada (texnik pasportda, texnik talonda) ko’rsatilgan ma’lumotlarga transport vositasi turi, markasi, modeli, davlat ro’yxatidan o’tkazish raqami belgilari, shassi (rama), kuzov va dvigatelning identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligi;

transport vositasining texnik holati va jihozlari texnik reglamentlar, standartlar talablariga, yo’l harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi;

maxsus va tezkor xizmatlarning transport vositalarida maxsus rangli va ovozli signallar qurilmalarining mavjudligi, sozligi va qonuniyligi, shuningdek, transport vositasining rang-grafik bo’yash sxemalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiqligi;

gaz yonilg’isida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarini texnik ko’rikdan o’tkazishda gaz ballonlarining foydalanish muddati, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, gaz ballonlarini sinovdan o’tkazish muddatlari, gaz balloni anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirilishini tahminlasin.

  1. Transport vositalarining majburiy texnik ko’rigi DYHXX organlari hamda tadbirkorlik subhektlari – yuridik shaxslar tomonidan Nizomga muvofiq o’tkaziladi hamda tegishli yig’im undiriladi.

Transport vositalarining texnik holati va uskunalarining muvofiqligini baholash uchun DYHXX organlari tomonidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning texnika bazalari, shuningdek, xususiy texnik xizmat ko’rsatish stantsiyalari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.

Jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan M1 toifadagi transport vositalari faqat tadbirkorlik subhektlari tomonidan texnik ko’rikdan o’tkaziladi.

  1. Tumandagi barcha transport vositalari egalari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga texnik ko’rikdan o’tkazish jadvali asosida transport vositalarini texnik jihatdan sozligini o’z vaqtida texnik ko’rikdan o’tkazish majburiyati yuklatilsin.
  2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son “Transport vositalarini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risida nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi qarori 3-bandiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati harbiy bo’linmalarining transport vositalari mazkur idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko’rikdan o’tkazilishi inobatga olinsin.
  3. Tuman hokimining 2021-yil 24-dekabrdagi 179-3-44-Q/21-son “Tumanda 2022 yilda transport vositalarini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish to’g’risida”gi qarori o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
  4. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
  5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o’rinbosari A.Quljanov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

ILOVA: 1

Tumanda transport vositalarini majburiy texnik ko’rikdan

o’tkazish bo’yicha tuman komissiyasi

T  A  R  K  I  B  I

 

Komissiya raisi :

Norboyev Orif Olimovich

 

Baxmal tuman ichki ishlar bo’limi yo’l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, leytenant

Komissiya azolari:

 

 

Baratov Alijon

Xazratqulovich

-

Jizzax viloyati transport boshqarmasi sektor mudiri

Rustamov Azam Begimqulovich

-

Tuman mudofaa ishlari bo'limi texnik xodimi

Xolboev Narziqul

G’afurovich

-

tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi

Abduxalilov Mamaraxim Maxammatqulovich

-

“O’smat texnik ko’rik” MCHJ raxbari

Boliev Eshpo’lat Norboevich

-

jamoatchi

Komissiya kotibi:

 

Usmonqulov Olim Qurbonboyevich

-

Tuman ichki ishlar bo’limi YHXB

MA inspektori serjant

 

  

ILOVA: 2

Yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarini yillik majburiy texnik ko’rikdan o’tkazish
JADVALI

 

Korxona, tashkilotlar nomi

Texnik ko’rikdan o’tkazish sanasi

Transport vositalari soni

Texnik ko’rikdan o’tkaziladigan joyi

Masul xodimlar

Baxmal tumani

1

"Baxmal Davlat o’rmon xo’jaligi"

31.01.2023 y

2

Tuman IIB YHXG

 

2

"DILDOR SAFAROVA" XK"

31.01.2023 y

1

Tuman IIB YHXG

 

3

"A"ZZAM ELBEKOVICH" MCHJ

31.01.2023 y

1

Tuman IIB YHXG

 

4

"AGRO NATURAL INVEST" MCHJ

31.02.2023 y

1

Tuman IIB YHXG

 

5

"ALI" XUSUSIY FIRMASi

31.02.2023 y

1

Tuman IIB YHXG

 

6

"ALP TARNS"MCHJ

31.03.2023 y

18

Tuman IIB YHXG

 

7

"BAKHMAL FRUIT GROWING"FERMER XO’JALIGI

31.03.2023 y

6

Tuman IIB YHXG

 

8

"BAXMAL  JILOSI" XUSUSIY FIRMASI

31.01.2023 y

1

Tuman IIB YHXG

 

9

"BAXMAL AGRO MUZLATGICH"MCHJ

31.01.2023 y

4

Tuman IIB YHXG

 

10

"BAXMAL FAROVONI"MCHJ

31.01.2023 y

1

Tuman IIB YHXG

 

11

"BAXMAL OBOD MSHJ

31.03.2023 y

8

Tuman IIB YHXG

 

12

"BAXMAL SHAROB SAVDO" MCHJ

31.03.2023 y

8

Tuman IIB YHXG

 

13

Tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi

31.03.2023 y

12

Tuman IIB YHXG

 

14

"BAXMAL YO’LOVCHI TASHISH TRANS"MCHJ

31.03.2023 y

23

Tuman IIB YHXG

 

15

"MADAMIN BIZNES INVEST"MCHJ

31.03.2023 y

10

Tuman IIB YHXG

 

16

"SIRLI SAMAR"MCHJ

31.03.2023 y

24

Tuman IIB YHXG

 

17

"OYQOR TRANS"MCHJ

31.03.2023 y

21

Tuman IIB YHXG

 

18

Baxmal tuman Hokimligi

31.04.2023 y

9

Tuman IIB YHXG

 

19

BAXMAL TUMAN OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASI

31.05.2023 y

9

Tuman IIB YHXG

 

20

BAXMAL TUMAN TIBBIYoT BIRLASHMASI

31.06.2023 y

2

Tuman IIB YHXG

 

21

Baxmaltumangaz tahminoti korxonasi

31.06.2023 y

2

Tuman IIB YHXG

 

22

"VATANPARVAR" MTK

31.07.2023 y

11

Tuman IIB YHXG

 

23

"XALQ BANKI BAXMAL FILIALI"

31.07.2023 y

1

Tuman IIB YHXG

 

24

"O’SMAT AVTOMOBIL MAKTABI"MCHJ

31.08.2023 y

4

Tuman IIB YHXG

 

25

BAXMAL T 1-SON KASB XUNAR MAKTABI

31.08.2023 y

3

Tuman IIB YHXG

 

26

BAXMAL T 2-SON KASB XUNAR MAKTABI

31.09.2023 y

5

Tuman IIB YHXG

 

27

"MAJBURIY IJRO BYuROSI"BAXMAL TUMAN BO’LIMI

31.09.2023 y

1

Tuman IIB YHXG

 

28

BAXMAL TUMAN XALҚ TAHLIMI BO’LIMI

31.10.2023 y

2

Tuman IIB YHXG

 

29

"AGROBANK ATB BAXMAL TUMAN FILIALI"

31.10.2023 y

1

Tuman IIB YHXG

 

30

BAXMAL TUMAN VETERINARIYa BO’LIMI

31.11.2023 y

1

Tuman IIB YHXG

 

31

BAXMAL TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKTSIYaSI

31.11.2023 y

1

Tuman IIB YHXG

 

32

BAXMAL TUMAN S.E.O.M.

31.12.2023 y

2

Tuman IIB YHXG

 

33

BAXMAL TUMAN MAXSUS SAVDO FIRMASI

31.12.2023 y

2

Tuman IIB YHXG

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив