Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan subsidiyalar ajratish yo’lga qo’yildi

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan subsidiyalar ajratish yo’lga qo’yildi

22 август 2022 йил
302
0

Ногиронларни ишга қабул қилганларга субсидия берилади - Халқ ...

 

Nogironligi bo’lgan yoshlarni qo’llab quvvatlash maqsadida o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga o‘qish, yashash va transport xarajatlari uchun subsidiyalar ajratilishi yo’lga qo’yildi.

Bunda nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti hamda umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish bilan birgalikda ushbu davrda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.

Nogironligi bo‘lgan har bir yoshga uning talabiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratiladi.

O‘qish xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdori har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan ko‘p bo‘lmasligi, transport xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdori har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,2 foizidan oshmasligi, yashash xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdori esa bir sutkada ijarada yashash uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizidan oshmasligi belgilangan.

   Subsidiya har yili arizalar topshirish ketma-ketligi bo‘yicha ushbu Qaror talablariga to‘liq mos kelgan 500 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga ajratiladi.

 

Baxmal tuman DXM boshlig’i

M.Raxmatullayev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив