Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni qabul qilindi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni qabul qilindi

21 май 2022 йил
195
0

    Ижтимоий таътиллар 

Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning daromadlarini inflatsiya darajasiga qarab indeksatsiyalab borish hamda tegishli ijtimoiy to‘lovlar miqdorining minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lmasligini ta’minlash maqsadida:

  1. 2022-yil 1-maydan boshlab yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshirildi.
  2. 2022-yil 1-maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 324 000 so‘m;

yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 633 000 so‘m;

nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 698 000 so‘m;

mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 698 000 so‘m;

1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — oyiga 3 080 000 so‘m;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 so‘mdan) 698 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori — oyiga 698 000 so‘m etib belgilandi.

  1. Pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorlarda belgilash maqsadida 2022-yil 1-maydan boshlab:

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 500 000 so‘m;

ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 500 000 so‘m;

boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 500 000 so‘m etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 185 000 so‘mdan qo‘shildi;

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 500 000 so‘m etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanmoqda.

  1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘irlashishining oldini olish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2022-yil 1-aprelga qadar nafaqa va moddiy yordam tayinlash uchun ma’lumotlarning xato taqdim etilishi, kiritilishi va texnik sabablar tufayli fuqarolarga ortiqcha to‘langan summalar hisobdan chiqarildi.

         Х.Abdunazarov

Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Baxmal tuman bo’limi boshlig’i o’rinbosari

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Pensiyani qayta hisoblab chiqish tartibi
10 март 2022, Четверг
Pensiyani qayta hisoblab chiqish tartibi
18 yoshgacha bo‘lganlar uchun yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi
06 декабрь 2021, Понедельник
18 yoshgacha bo‘lganlar uchun yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi
1-sentabrdan boshlab qanday o‘zgarishlar bo’ldi?
14 сентябрь 2021, Вторник
1-sentabrdan boshlab qanday o‘zgarishlar bo’ldi?
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив