Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining qarori

Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining qarori

02 октябрь 2023 йил
202
0

2023 - yil 29 - sentabr           VI-62-137-3-44-K/23              Baxmal tumani hokimligi


«Ochiq budjet» axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan
tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish
to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli
va Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-son qarorlariga
muvofiq, Moliya vazirligining 2021-yil 6-sentabrdagi WV82767631-sonli ko‘rsatma
xati ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri
I.Kenjayevning bildirgisini va Baxmal tuman 2-sonli kasb-hunar maktabi 2023-yil
21-sentabrdagi mahsus komissiya qarori va 2023-yil 44-sonli arizasini inobatga
olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi”
Qonunining 6-va 24- moddasiga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi
QAROR QILADI
1. Joriy yil 17-iyuldan 7-avgustga qadar openbudget.uz veb sayti orqali
mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat
qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 134 ta takliflar bildirildi. 7-
avgustdan 27-avgustga qadar ushbu takliflarning barchasi moderatsiyadan o‘tkazilib,
natijada 126 ta tashabbus ovoz berish uchun qabul qilindi. 8 ta tashabbus turli hil
sabablarga ko‘ra rad etildi. 27-avgustdan 16-sentabrga qadar 126 ta tashabbus ovoz
berish jarayonida ishtirok etganligi hamda yakunda 3 ta tashabbus eng ko‘p ovoz
to‘plab g‘olib bo‘lganligi hamda jamg‘armada 4 895 059 912 (to‘rt milliard sakkiz
yuz to‘qson besh million ellik to‘qqiz ming to‘qqiz yuz o‘n ikki) so‘m mablag‘
shakllanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Gʻolib takliflar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashabusli budjetda 2021-2022-yillarda g‘olib bo‘lgan har bir loyiha
buyurtmachi tashkilotlarni (4017) g‘azna xisob varag‘ida iqtisod qilingan
mablag‘larni tuman hokimligini (4017) g‘azna xisob varag‘iga qaytarilsin.
e-qaror.gov.uz VI-62-137-3-44-K/23
2
4. Gʻolib takliflarni moliyalashtirish manzilli ro‘yxati shakllantirilsin. Taklifni
moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilotlar "Jizzax mintaqaviy yo‘llarga
buyurtmachi xizmati" DUK va “Baxmal tuman 2-sonli kasb-hunar maktabi” etib
belgilansin.
5. Baxmal tuman 2-sonli kasb-hunar maktabi 2023-yil 21-sentabrdagi maxsus
kamissiya qarori va O.Boyjigitovning 2023-yil 44-sonli arizasi inobatga olinsin.
6. "Jizzax mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK (Sh.Anarboyevga)
va “Baxmal tuman 2-sonli kasb-hunar maktabi” (O.Boyjigitov) iqtisodiyot va
moliya vazirligining DMBAT dasturida (4017) shaxsiy g‘azna xisobvarag‘i ochish
chorasini ko‘rsin. Ushbu g‘olib bo‘lgan taklif to‘liq moliyalashtirilib bo‘lingandan
so‘ng (kassa xarajatidan) ortgan mablag‘ Baxmal tuman hokimligi qoshida ochilgan
fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi shaxsiy g‘azna xisobvarag‘iga to‘liq qaytarish
vazifasi yuklatilsin.
7. Tuman hokimligi bosh xisobchisi (I.Xolboyeva)ga g‘olib deb topilgan
takliflarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan ilovada keltirilgan amalga
oshirishning aniqlangan qiymati miqdorida mablag‘ ajratish vazifasi yuklatilsin.
8. Tuman Gʻaznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i (J.Shodiyorov)ga ushbu
mablag‘ni tegishli tartibda moliyalashtirilishini ta’minlasin. Ushbu mablag‘ni
manzilli ro‘yxatda ko‘rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilsin va ushbu
mablag‘larning boshqa maqsadlarga ishlatilishi ta’qiqlansin.
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining
mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va
tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman
hokimining birinchi o‘rinbosari N.Sharipov zimmasiga yuklatilsin.

Tuman hokimi, Tuman
Kengashi raisi
M.Anarbayev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив