Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar kompleks yondashuv asosida ko‘rsatiladi

Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar kompleks yondashuv asosida ko‘rsatiladi

19 июль 2022 йил
412
0

Ўз-ўзига ҳуқуқий хизмат кўрсатиш тизими“Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 iyuldan Mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Qaror bilan Mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi tashkil qilindi.

2022 yil 1 noyabrgacha:

mahallalardagi xotin-qizlar faollari har 2 haftada Hududiy shtablarga quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:

xonadonlar ahvoli, oilalarning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji;

oilalarga aniq ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maʼlumotlar;

murakkab operatsiyalarga, nogironlarning protez-ortopediya buyumlariga ehtiyoji bo‘yicha buyurtmalar;

Hududiy shtablar ushbu maʼlumotlarni o‘z hududi kesimida umumlashtirgan holda 2 kunda Muvofiqlashtirish shtabiga yuboradi;

Muvofiqlashtirish shtabi kelib tushgan maʼlumotlar asosida 3 kunda haqiqatda ijtimoiy xizmatga ehtiyojmand bo‘lgan oilalarga Hududiy shtab aʼzosining masʼul xodimi tomonidan manzilli ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishini tashkillashtiradi.

Shuningdek, 2022-2023 yillarda respublika bo‘yicha jami 827 780 nafar (shundan joriy yilda 383 565 nafar) xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini taʼminlash nazarda tutilgan.

2022 yil 1 avgustdan dastlab Surxondaryo viloyatidagi mahallalarda

(2022 yil 1 noyabrdan respublikaning boshqa barcha mahallalarida) “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.

Mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan xotin-qizlarni kasbga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga BHMning 4 barobaridan oshmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.

Н.Қодиров

Бахмал тумани Адлия бўлими бошлиғи

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив