Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasida mehnat qilish huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasida mehnat qilish huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar

04 июль 2022 йил
537
0

Сенат одобрил поправки в Конституцию в связи с реформой судебной системы –  Газета.uz

Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra konstitutsiyaning 37-moddasida “Har kim munosib mehnat qilish, erkin kasb tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitilishlarsiz va belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga egaligi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi yashashi uchun yetarli bo‘lishi kerakligi, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi, har bir ishlovchi ayol homilador bo‘lgan taqdirda va tug‘ish davrida haq to‘lanadigan ta’tilga hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqni parvarish qilish uchun ta’tilga yoki bolani farzandlikka olish uchun ta’tilga chiqish huquqiga egaligi, jazoni sudning hukmiga ko‘ra o‘tash tartibidan boshqacha tartibdagi majburiy mehnat yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardagi majburiy mehnat taqiqlanishi, majburiy mehnatdan va bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanish taqiqlanadi hamda bu qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilanib fuqarolarning mehnat huquqlari bo‘yicha kiritilayotgan qo‘shimchalarda ayollarning mehnat huquqlari, majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi normalar bilan to‘ldirilmoqda, 38-moddasida har bir shaxs dam olish huquqiga egaligi, yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga, dam olish va bayram kunlari, haq to‘lanadigan har yilgi ta’tilga chiqish huquqiga egaligi ushbu modda bilan har bir shaxsning dam olish huquqlari xususan, yollanib ishlayotgan quqarolarning  dam olish va bayram kunlari dam olish huquqi mustahkamlab qo‘yilmoqda, 39-moddasida har bir shaxs qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, ishsizlikda, nogironlikda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egaligi,  davlat ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratadi, davlat pensiyalarini, nafaqalarini va ijtimoiy yordamning boshqa turlarini belgilashi, pensiyalarning, nafaqalarning, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi, davlat ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand va kam ta’minlangan, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qonunda belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlashi, davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini amalga oshirish uchun zarur teng sharoitlarni yaratishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan har qanday ajratib qo‘yish, hisobga olmaslik, chetlatish, cheklash yoki ortiqcha yon bosish, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarning ob’ektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan bo‘yin tovlash taqiqlanishi, ya’ni  “Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas” degan jumladagi “tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor” so‘zi “eng kam iste’mol xarajatlari” deb o‘zgartirilmoqda, ijtimoiy himoyaga oid bir qancha yangi bandlar (uy joy sharoitini yaxshilashga muxtoj bo‘lgan fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash) ham qo‘shilyapti.

 

Baxmal tuman adliya bo‘limi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив