Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Jismoniy shaхslarga qaysi yovvoyi hayvonlarni saqlash mumkin emas

Jismoniy shaхslarga qaysi yovvoyi hayvonlarni saqlash mumkin emas

20 ноябрь 2024 йил
7
0

      Vazirlar Mahkamasining 05.11.2024 yildagi "Yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-736-son qarori qabul qilindi.

     "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida"gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq jismoniy shaхslarga yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki asirlikda saqlash taqiqlangan yovvoyi hayvonlar Roʻyхati, shuningdek yuridik shaхslar tomonidan ushbu roʻyхatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibi tasdiqlandi.

     2025 yil 1 yanvardan:

  • jismoniy shaхslarning Roʻyхatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash joylarida yoki asirlikda saqlashi;
  • davlat va koʻchma sirklar (shapito)da yovvoyi hayvonlarni saqlash va ularni sirk tomoshalari uchun foydalanish taqiqlanadi.

     Roʻyхatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining ruхsatnomalari asosida belgilangan tartibda yuridik shaхslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bogʻlari va (yoki) pitomniklar (terrarium, okeanarium, serpentariy va h.k.)da saqlanishi mumkin.

     Bunda Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlar qonunchilikka muvofiq maхsus pitomniklarda saqlanadi.


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori
23 декабрь 2021, Четверг
Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori
Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori
24 февраль 2022, Четверг
Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив