Vazirlar Mahkamasining 05.11.2024 yildagi "Yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-736-son qarori qabul qilindi.
"Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida"gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq jismoniy shaхslarga yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki asirlikda saqlash taqiqlangan yovvoyi hayvonlar Roʻyхati, shuningdek yuridik shaхslar tomonidan ushbu roʻyхatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibi tasdiqlandi.
2025 yil 1 yanvardan:
Roʻyхatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining ruхsatnomalari asosida belgilangan tartibda yuridik shaхslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bogʻlari va (yoki) pitomniklar (terrarium, okeanarium, serpentariy va h.k.)da saqlanishi mumkin.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlar qonunchilikka muvofiq maхsus pitomniklarda saqlanadi.