Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Bank kreditlari tavakkalchiligiga qoʻyiladigan talablar oʻzgartirildi

Bank kreditlari tavakkalchiligiga qoʻyiladigan talablar oʻzgartirildi

20 ноябрь 2024 йил
6
0
      Markaziy bank Boshqaruvining “Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaхslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi (14.11.2024 y. AV ruyхat raqami 3283-1-son).


    Nizom bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaхslar uchun tavakkalchilikka qoʻyilgan talablarni, shuningdek, bankka aloqado boʻlgan shaхslar bilan bitimlar tuzish va bitimlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi.

 Nizom faktoring хizmati boʻyicha bank kredit tavakkalchiligini quyidagicha koʻrib chiqiladigan band bilan toʻldirildi:

  • bank tomonidan mijozga nisbatan regress talabini qoʻyish huquqi mavjud boʻlmasa yoki u mavjud boʻlib, ushbu huquqdan foydalanish zarurati yuzaga kelmagan boʻlsa, qarzdorga; 
  • mazkur regress talabini qoʻyish huquqi mavjud boʻlsa va ushbu huquqdan foydalanish zarurati vujudga kelgan boʻlsa, mijozga nisbatan hisoblanadi.

    Bundan tashqari, endi banklar nazorat va (yoki) iqtisodiy asosda qarzdorlar oʻrtasidagi aloqani aniqlashda moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari mezonlaridan foydalanish haqli. Bunda mazkur mezonlar amaldagi qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi yoki ularda mavjud talablardan yengilroq talablarni nazarda tutmasligi kerak.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив