Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » “O’zbekiston Respublikasining To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-215-son, 07.09.2022 y.) qabul qilindi.

“O’zbekiston Respublikasining To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-215-son, 07.09.2022 y.) qabul qilindi.

10 октябрь 2022 йил
234
0

Farmonga muvofiq “To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining boshqaruv kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali 100 million AQSh dollariga teng “O’zbekiston Respublikasining To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi” MChJ shaklidagi investitsiya kompaniyasi sifatida qayta tashkil qilindi.

Investitsiya kompaniyasining ustav kapitali 1 milliard AQSh dollariga yetkaziladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.

Investitsiya kompaniyasi investitsiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:

• kredit (qarz) olish va Investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga investorlarning pul mablag‘larini jalb qilish;

• yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitalida), shu jumladan mol-mulk sotib olish yo‘li bilan ishtirok etish;

• yirik institutsional va strategik investorlar bilan hamkorlik o‘rnatish, shu jumladan nufuzli xalqaro moliya markazlarining yurisdiksiyalaridan foydalanish.


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив