Farmonga muvofiq “To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining boshqaruv kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali 100 million AQSh dollariga teng “O’zbekiston Respublikasining To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi” MChJ shaklidagi investitsiya kompaniyasi sifatida qayta tashkil qilindi.
Investitsiya kompaniyasining ustav kapitali 1 milliard AQSh dollariga yetkaziladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.
Investitsiya kompaniyasi investitsiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:
• kredit (qarz) olish va Investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga investorlarning pul mablag‘larini jalb qilish;
• yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitalida), shu jumladan mol-mulk sotib olish yo‘li bilan ishtirok etish;
• yirik institutsional va strategik investorlar bilan hamkorlik o‘rnatish, shu jumladan nufuzli xalqaro moliya markazlarining yurisdiksiyalaridan foydalanish.