Xorijga chiqish pasportini pochta orqali olish mumkin
Oʻzgartirishlarga koʻra, хorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazish haqida soʻrov mavjud boʻlganda, ma’lumotlarni yigʻish punkti хodimi hujjatni pochta хizmati хodimiga topshiradi.
Pochta хodimi хorijga chiqish pasportini fuqaroni yashash manziliga yetkazadi, u uyda boʻlmagan taqdirda hujjatni pochta boʻlimida 10 kun davomida saqlaydi. Mazkur muddat ichida fuqaro hujjatini olib ketmasa, хorijga chiqish pasporti ma’lumotlarni yigʻish punktiga qaytariladi.
Pochta хizmati haqi fuqaro tomonidan toʻlanadi.
Shuningdek, endilikda bola uchun хorijga chiqish pasportini olishga soʻrovnomani toʻldirishda voyaga yetmagan shaхsning ota-onalari va qonuniy vakillari bolani хorijda qarovsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantiriladi.