BAXMAL TUMANIDAGI 50-SONLI UMUMTAʼLIM MAKTABIDA OʻZBEKISTON XALQ SHOIRI “Vatan va istiqlol kuychisi Muhammad Yusuf” TAVALLUDINING 70 YILLIGI KENG NISHONLANDI.
O‘zbek adabiyotida o’zining o‘chmas izini qoldirgan O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga ham 70 yil bo‘ldi. Shu o’tgan davr mobaynida bugun hayot bo‘lmasa-da ko'plab o‘zbek o‘g‘il-qizlarini ijod yo’lidan ergashtirib kelayotgan shoirni qancha eslasak, qancha e’zozlasak kam.
Shu munosabat bilan shoir ijodi Baxmal tumanidagi 50-son umumtaʼlim maktabida ham keng nishonlandi.
Tadbir davomida buyuk shoir qalamiga mansub, vatanni madh etuvchi sh’eriy kompozitsiyalar hamda adib misralariga bastalangan dilrabo kuy-qoshiqlar oʻquvchilar tomonidan ijro etildi.
Baxmal tuman hokimligi
Axborot xizmati