O‘zbek adabiyotida o’zining o‘chmas izini qoldirgan O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga ham 70 yil bo‘ldi. Shu o’tgan davr mobaynida bugun hayot bo‘lmasa-da ko'plab o‘zbek o‘g‘il-qizlarini ijod yo’lidan ergashtirib kelayotgan shoirni qancha eslasak, qancha e’zozlasak kam.
Shu munosabat bilan shoir ijodi Baxmal tumanidagi 50-son umumtaʼlim maktabida ham keng nishonlandi.
Tadbir davomida buyuk shoir qalamiga mansub, vatanni madh etuvchi sh’eriy kompozitsiyalar hamda adib misralariga bastalangan dilrabo kuy-qoshiqlar oʻquvchilar tomonidan ijro etildi.
Baxmal tuman hokimligi
Axborot xizmati