Baxmal tumanida “15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga tayyorgarlik boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining nazorat topshirig’iga asosan “Mamlakatimizda “15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlangan.
Shunga ko'ra, Baxmal tumanida “15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi va reja-grafikga asosan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tumanning Do‘stlik fuqarolar yig‘inida 10.10.2022 yil kuni soat 10-00 dan 13-00 gacha ayollarga huquqiy yordam ko’rsatish maqsadida sayyor qabul o’tkazilishi, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan ayollarga amaliy yordam ko’rsatish choralari ko‘rilishi, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga ko’maklash, shuningdek, qonunchilikda xotin-qizlar (shu jumladan, qishloq ayollari) uchun belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar haqida huquqiy targ’ibot tadbirlari o’tkazish ishlari amalga oshirildi.
Baxmal tumani oila va xotin-qizlar bo'limi