Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Pensiya hisoblashda o‘rtacha oylik ish haqini aniqlashning umumiy tartibi

Pensiya hisoblashda o‘rtacha oylik ish haqini aniqlashning umumiy tartibi

19 июль 2022 йил
267
0

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) ish haqi olinadi.

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi o‘tgan yillardagi ish haqlarini pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi.

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda pensiya so‘rab murojaat etgan kishining xohishiga ko‘ra, ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish munosabati bilan ish kunlari soni to‘liq bo‘lmagan oylar to‘liq ishlangan kalendar oylar sifatida hisobga olinadi.

Pensiya so‘rab murojaat etgan kishi besh yildan kam ishlagan hollarda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili davomidagi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan oz bo‘lgan yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar umuman mavjud bo‘lmagan hollarda pensiya pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

 

U.Norqulov

Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Baxmal tuman bo ‘limi xodimi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Pensiyalarni to‘lash tartibi
11 март 2022, Пятница
Pensiyalarni to‘lash tartibi
Pensiyani qayta hisoblab chiqish tartibi
10 март 2022, Четверг
Pensiyani qayta hisoblab chiqish tartibi
Pensiyani hisoblash tartibi
15 март 2022, Вторник
Pensiyani hisoblash tartibi
Pensiyani bir turidan boshqa turiga oʼzgartirish mumkinmi?
09 октябрь 2021, Суббота
Pensiyani bir turidan boshqa turiga oʼzgartirish mumkinmi?
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив