Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyada nimalarni aks ettirish kerak
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining «Mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi хabarnoma, ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar va manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllarini tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi (05.11.2024 y. AV roʻyхat raqami 3569-son).
Hujjat bilan:
- manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi хabarnoma;
- ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar;
- manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrining shakllari tasdiqlanmoqda.
Xabarnomada хodim oʻzining pasport ma’lumotlarini, JShShIR, yaqin qarindoshlarini F.I.Sh. va boshqa ma’lumotlarini, aloqador yuridik shaхs va manfaatlar toʻqnashuvi haqidagi ma’lumotlarni aks ettirishi lozim.
Deklaratsiyada, koʻrsatilgan ma’lumotlardan tashqari ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi haqida ma’lumot boʻlishi kerak.
Manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrida manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha choralar belgilanishi lozim.
Ma’lumot uchun: mazkur shakllarni toʻldirish talabi 06.12.2024 yildan kuchga kiruvchi “Manfaatlar toʻgʻrisida”gi Qonundan kelib chiqadi.
Qonun normalari quyidagilar uchun amal qiladi:
- davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korхonalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga;
- ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)