"15-may Halqaro oila kuni" munosabati bilan Baxmal tumanidagi mahallalarda "Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi" koʻrik tanlovi o'tkazildi.
Avval habar berganimizdek, "15-may Halqaro oila kuni" munosabati bilan Baxmal tumanidagi mahallalarda "Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi" koʻrik tanlovining mahalla va sektor bosqichlari o'tkazilgan edi.
Soʻlim Baxmalning betakror tabiati qoʻynida tanlovning tuman bosqichi qiziqarli shartlar hamda milliy-madaniy ko'rinishdagi sahnaviy chiqishlar bilan esda qolarli tarzda boʻlib oʻtdi.
Musobaqa shtirokchilari oilalarda birdamlik va totuvlikni targʻib qiluvchi "Bu mening oilam", "Oila - muqaddas qoʻrgʻon" va "Kichik vatanim - oilam" kabi shartlar asosida bellashdilar.
Tanlovda mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritgan tumandagi "Nurobod" mahallasida istiqomat qiluvchi Nosirovlar oilasi tashkilotchilarining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.
Baxmal tuman hokimligi
Axborot xizmati