Baxmal tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Baxmal tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida hisobchi, iqtisodchi va xodimlar bilan ishlash sho‘‘basi xodimlari o‘rtasida Baxmal tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida xodimlarga yangi Mehnat kodeksi bo‘yicha ta’til berish tartibi, pudrat shartnomasi, haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi, mahsulot yetkazib berish shartnomasi va boshqa xo‘jalik shartnomalarini tuzishda e’tibor berish kerak bo‘lgan shartnomaviy huquqiy, hamda DMTT va maktablar xodimlariga moddiy yordam berish, moddiy rag‘batlantirish va boshqa mavzudagi huquqiy masalalar muhokama qilindi.
Targ‘ibot tadbiri davomida xodimlarning boshqa mavzudagi savollariga javob berildi.
Baxmal tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi