Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Baxmal tumanidagi umumta’lim maktablarining kadr menеjerlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Baxmal tumanidagi umumta’lim maktablarining kadr menеjerlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

27 март 2023 йил
248
0

Baxmal tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan tizim orqali yuborilgan huquqiy targibot maruzalariga asosan Baxmal tumanidagi barcha umumta’lim maktablarining kadr menijerlari ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu targ'ibot tadbirida, O'zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining amaldagi Mehnat kodeksidan yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksi ancha farq qilishini, eski Mehnat kodeksida 2 ta qism ya'ni umumiy va maxsus qism hamda 15 ta bob va 294 ta modda mavjud bo‘lib, Mehnat munosabatlariga oid ishlar boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinar edi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida 2 qism, 7 bo'lim, 34 ta bob va 581 moddadan iborat bo‘lib, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadigan normalar kiritilib, amaliyotda bir hilda qo‘llash uchun mukammalashtirilib, qabul qilinganligini aytib o‘tildi.

O’zbekiston Respublikasining 30.12.2021 yildagi “2022 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O’RQ-742-son  Qonuni bilan tasdiqlangan “2022 yil uchun davlat maqsadli jamg‘armalarining xamda O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi xamda ularning xarajatlari” (3-ilova)ning 11-satrida, Budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi bandida, Ijaraga berilgan darsliklar bo‘yicha ijara to‘lovlari qiymati nol etib va keyinchalik foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni utilizatsiya qilishdan tushgan tushumlar 10 509.0 so‘m tashkil etishi ko‘rsatilgan.

Prezident maktab darsliklarining ijara to‘lovlari narxi keskin oshirilishi ortidan keng jamoatchilik, jumladan, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar fonida darsliklarni bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshirig‘i berilganligi va shu topshiriq asosida Xalq ta’limi vazirligining mas’ul xodimlarining 06.09.2022 yilda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida “O’zbekistonda maktab darsliklari ijarasi doimiy ravishda bepul bo‘ladi”-deb bayonat berishgan. Hususan, “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni bilan kitob jamg‘armasi budjetida tasdiqlanganligini va unga ko‘ra, 2022 yilda kitob chop etish uchun 1,1 trln so‘m ko‘zda tutilganligini hamda shundan 605 mlrd so‘m davlat budjetidan yo‘naltirilishi va qolgani Budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilanganligini takidlagan.

Baxmal tumani adliya bo`limi

yuridik xizmat ko`rsatish markazi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив