O'qituvchining moddiy yordam ajratilishini so'rab qilgan arizasi 4 oydan so'ng qanoatlantirildi.
Umumta’lim maktabi o‘qituvchisi ZJ.(Ayol)ning 14.09.2022 yildagi maktab rahbariyati tomonidan kasallik davri uchun moddiy yordam ajratilmaganligidan norozi bo‘lib, moddiy yordam ajratilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaaati bo‘lim tomonidan o‘rganib chiqildi.
O’rganish davomida, ZJ. moddiy yordam so‘rab umumta’lim maktabi direktoriga 17.05.2022 yil kuni ariza bilan tegishli tartibda murojaat qilganligi, maktab sobiq direktori tomonidan ariza ko‘rib chiqilishi uchun 17.05.2022 yil kuni maktab kasaba uyushmasiga yo‘naltirilganligi, kasaba uyushma tomonidan 21.05.2022 yil kuni ko‘rib chiqilib maktab direktor jamg‘armasidan moddiy yordam ajratilishi tavsiya qilinganligi, biroq tegishli tartibda moddiy yordam ajratilishi ta’minlanmaganligi, arizasi ko‘rib chiqilishi natijasi haqida xabardor qilinmaganligi aniqlanib, tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan ZJ.ga joriy yilning 4 oktyabr kuni (4 oydan ortiq vaqt o‘tib) moddiy yordam ajratilishi ta’minlandi.
O’zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015 yil 20 martdagi 25-son bilan tasdiqlangan “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaga ko‘ra Z.Jumanqulovaning mehnatga layoqatsizligi to‘g‘risda qayd qilingan 436525, 923194-sonli varaqalarda 15.04.2022 yil kunidan 4.06.2022 yilgacha davolanganligi qayd etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 15.03.2017 yildagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomning 26- bandida yozgi ta’til oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha ta’til berilshi, 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 4-bandida tejalgan mablag‘lar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu mablag‘lar hisobidan xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalarni moliyalashtirilishi mumkinligi, 9-bandida moddiy yordam berish umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha umumta’lim maktabi mas’ul shaxslariga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi to'g'risida taqdimnoma ta'sir chorasi qo'llanildi.
Baxmal tumani Adliya bo'limi