Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti

10 октябрь 2022 йил
209
0

Unga ko‘ra, davlat tashkiloti tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar har yili 1 martgacha baholanadi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash maxsus bo‘linma yoki ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funksiyalardagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning darajasi past, o‘rta, yuqori o‘lchovlarda baholanadi.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari asosida davlat tashkilotining umumlashtirilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqiladi va “E-anticor.uz” elektron platformasiga har yili 1 fevralga qadar kiritiladi.

Platformada joylashtirilgan davlat tashkilotlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlar xarita loyihalari asosida avtomatik ravishda korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri shakllantiriladi.

Davlat tashkiloti rahbari har yili 1 martgacha korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturini “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali tasdiqlaydi.

Baxmal tumani Adliya bo'limi


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив