Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » “TAFTISh.UZ” axborot agentligining 2021 yil 3 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Baxmal tumani, Novqa MFY, Novqa qishlog‘ida yashovchi fuqaro Qarshiboev (Mavlonov) Akmalning murojaati yuzasidan munosabat.

“TAFTISh.UZ” axborot agentligining 2021 yil 3 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Baxmal tumani, Novqa MFY, Novqa qishlog‘ida yashovchi fuqaro Qarshiboev (Mavlonov) Akmalning murojaati yuzasidan munosabat.

04 декабрь 2021 йил
271
0

“TAFTISh.UZ” axborot agentligining 2021 yil 3 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Baxmal tumani, Novqa MFY, Novqa qishlog‘ida yashovchi fuqaro Qarshiboev (Mavlonov) Akmalning murojaati yuzasidan munosabat.

 

Murojaatda muallif, marxum otasi tomonidan qurilgan, xozirda oilasi bilan yashab kelgan uy-joyiga Baxmal tuman kadastr filialida ishlaydigan  Eshboev Mirzo va Asrorov A’zam ismli xodimlar Sirdaryo viloyati, Xovas tumanida yashovchi amakisi Qarshiboev Atamurodga, mazkur uy-joyda umuman yashamagan bo‘lsada kadastr hujjati rasmiylashtirib berishi natijasida o‘zi va oilasi ko‘chada qolib ketayotganligidan norozi bo‘lganligini ko‘rsatgan.

Murojaatni o‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi “Ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish tartibi to‘g‘risida” gi 461-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan Baxmal tuman hokimining 2019 yil 28 yanvardagi “Qarshiboev Atamurod O‘ralovichga tegishli turar joyga bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risida”gi 254-sonli qarori bilan ariza muallifining murojaatida ko‘rsatilgan uy-joyga mulk huquqi e’tirof etilgan va ushbu qarorga asosan 2019 yil 2 may kuni kadastr hujjati rasmiylashtirilib, 3459-son bilan davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazib berilgan.

Mazkur qarorning qarorosti hujjatlari ko‘zdan kechirilganda Mo‘g‘ol QFY, Novqa mahalla fuqarolari yig‘ini raisining 2018 yil 24 dekabrdagi 5216-son ma’lumotnomasida “Novqa MFY, Novqa qishlog‘ida joylashgan imoratda yashovchi egalik qiluvchi Qarshiboev Atamurodga shu xaqida berildiki, u ushbu manzilda joylashgan yer uchastkasiga 2000 yildan beri egalik qiladi. Ushbu yer uchastkasidagi imorat 2005 yilda qurilgan. Uning oila a’zolari quyidagilardan iborat o‘zi Qarshiboev Atamurod” deb ko‘rsatilgan.

2021 yil 26 martdagi Reestr-202101566000978-sonli “Turar joy oldi-sotdi shartnomasi” bilan fuqaro Qarshiboev Jamshid Atamurodovich o‘ziga berilgan 2021 yil 21 martdagi davlat notarial idorasining 202101466000885-sonli reestrida qayd etilgan ishonchnomaga asosan ushbu uy-joyni fuqaro Abdullaev Umid Sodiqovichga sotgan va ushbu shartnomaga asosan 2021 yil 30 mart kuni kadastr pasporti shakillantirilib, YK-1708204/611521-son bilan davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Xolat yuzasidan so‘ralganda muallif, xozirda nizori bo‘lgan uy-joy 1987 yillarda marxum otasi boshchiligida xashar yo‘li bilan qurilganligini, amakisi Qarshiboev Atamurod 1970 yilda Sirdaryo viloyatiga ko‘chib ketganligini, ushbu uy-joyda umuman yashamaganligini, ushbu uy-joyda akasi Qarshiboev Muzaffar 1996-2002 yillarda yashaganligini, 2002 yilda oila qurganidan so‘ng ushbu uy-joyda o‘zi yashab kelayotganligini, 2017 yilda mazkur uy-joyiga kadastr hujjati rasmiylashtirib berishni so‘rab Baxmal tuman kadastr filialiga murojaat qilganida filial xodimi Eshboev Mirzo kadastr hujjati rasmiylashtirishi uchun hokim qarori yo‘qligini aytib hujjat qilib bermaganligini, 2018 yilda Baxmal tuman kadastr filiali xodimi Asrorov A’zimxon uyiga kelib uy-joyiga kadastr hujjati qilib berishini aytib uy-joyini o‘lchovdan o‘tkazganligini va ushbu uy-joyga o‘zining nomiga emas Sirdaryo viloyatida yashaydigan amakisi A.Qarshiboev nomiga tuman hokimining qarorini chiqarib kadastr hujjati rasmiylashtirib berganligini ma’lum qildi.

Xolat yuzasidan so‘ralganda, Davlat kadastrlari palatasi Baxmal tuman filiali mutaxassisi Eshboev Mirzaqul o‘zining tushuntirish xatida, 2019 yil may oyida fuqaro A.Qarshiboevning tuman hokimining 2019 yil 28 yanvardagi 254-sonli qarorini ilova qilgan xolda uy-joyiga kadastr hujjati rasmiylashtirib berishni so‘rab qilgan murojaatiga asosan ushbu uy-joyga kadastr hujjati rasmiylashtirib berganligini ma’lum qildi.

Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasining 2021 yil 16 dekabrdagi “Xodimni vazifasidan ozod qilish va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida”gi 379-k-sonli buyrug‘i bilan Davlat kadastrlari palatasi Baxmal tuman filiali kadastr muxandisi Asrorov A’zamxon Alimxonovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Bundan tashqari fuqaro Qarshiboev Akmal ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilib, Baxmal tuman hokimining 2019 yil 28 yanvardagi 254-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan bo‘lib, Jizzax tumanlararo ma’muriy sudining 2021 yil 23 avgustdagi hal qiluv qarori bilan mazkur shikoyat arizasi qanoatlantirishdan rad etilgan.

Baxmal tuman kadastr filiali tomonidan, 2019 yil 2 may kuni fuqaro Qarshiboev Atamurodga 3459-sonli kadastr hujjati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi “Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 1060-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan huquq tasdiqlovchi hujjat asosida to‘g‘ri rasmiylashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasida, Xalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan qabul qilingan hamda chiqarilgan hujjat (qaror)lar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi, shuningdek, prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkinligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 140-moddasida uy-joyga oid nizolar sud tartibida hal etilishi belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra ariza muallifi Jizzax tumanlararo ma’muriy sudining 2021 yil 23 avgustdagi hal qiluv qarori hamda murojaatida ko‘rsatilgan masala yuzasidan yuqori turuvchi sud idoralariga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirilgan.


Baxmal tumani hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Aholini ro'yxatga olish haqida nimalar bilasiz?
27 декабрь 2021, Понедельник
Aholini ro'yxatga olish haqida nimalar bilasiz?
Pensiyani bir turidan boshqa turiga oʼzgartirish mumkinmi?
09 октябрь 2021, Суббота
Pensiyani bir turidan boshqa turiga oʼzgartirish mumkinmi?
1-sentabrdan boshlab qanday o‘zgarishlar bo’ldi?
14 сентябрь 2021, Вторник
1-sentabrdan boshlab qanday o‘zgarishlar bo’ldi?
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив