Aholini ro'yxatga olish haqida nimalar bilasiz?
Misol uchun chaqaloq aholini ro'yxatga olish davrida, yoki ana shu aniq muddatdan keyin dunyoga kelsa, u aholi ro'yxat olish tadbirida ro'yxatga olinmaydi. Ammo kimdir bu nozik vaqtda hayot bo'lib, shundan keyin, ya'ni aholini ro'yxatga olish davrida vafot etsa, u aholi sifatida ro'yxatga olinadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmoniga muvofiq Respublikamizda 2022 yilda aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish belgilangan. Aholini ro'yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko'lamli tadbir bo'lib, aholi to'g'risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o'rganishda mamlakat hududida o'tkazilgan aholini ro'yxatga olish ma'lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, O'zbekiston hududida dastlabki aholi ro'yxatga olish 1897 yilda o'tkazilgan bo'lib, ushbu ro'yxatga olish tadbiri ma'lumotlari XIX asr oxirida O'zbekistonda mavjud oilalar, aholi soni, aholining yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug'ilish, o'lim kabi demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan.
Keyinchalik O'zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro'yxatga olish ishlari tashkil etilgan. Aholining rivojlanishi uning tarkibiy tuzilishi, xususiyatlari va demografik jarayonlarning uzluksiz ravishda o'zgarib borishi ta'sirida sodir bo'lib boradi. SHu sababli aholini tadqiq etish doimiy ravishda xususiyatlarini kuzatib borish talab etiladi.
Baxmal tumani statistika bo'limi