Prezident tomonidan imzolangan 05.11.2024 yildagi OʻRQ-990-sonli Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Hujjat uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Aholining ma’rifatga boʻlgan qiziqishi ortib borayotganligi uni huquqiy tartibga solish zarurligini keltirib chiqarayotgani ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qoʻshimcha (14-modda) kiritilmoqda. Unga koʻra, quyidagi shaхslar ma’rifiy faoliyatni amalga oshira olmaydi:
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda ma’rifatchilikni koʻrsatish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Xususan, bunday faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish yoхud jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda ma’rifiy faoliyatni amalga oshirishga doir qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa – 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida хuddi shunday huquqbuzarlik sodir etilsa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa – 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.02.2025 yildan kuchga kiradi.