Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudi raisi G‘.Usanov tomonidan “Mening mahallam – mening sudyam” g‘oyasi asosida “Mehnat nizolari” jamoatchilikka tushuntirish, shuningdek aholining mavjud huquqiy muammolarini o‘rganish va tizimli darajada hal etish yuzasidan o‘tkazilgan ochik muloqotda mehnat nizolari - amaldagi mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni tadbiq etish yoki yangi mehnat shartlarini belgilash yoxud mavjud shartlarini oʻzgartirishga doir masalalar boʻyicha yuzaga keladigan va qonunda oʻrnatilgan tartibda hal etiladigan kelishmovchiliklar. Mehnat nizolarini hal etish bilan bogʻliq barcha masalalar OʻzRning Mehnat kodeksi (259—281moddalar), Fuqarolik protsessual kodeksi (1, 5, 6, 31, 110, 149, 158, 185, 219, 239, 259-moddalar)da koʻrsatib oʻtilgan. Mehnat nizolari yakka tartibdagi Mehnat nizolari va jamoaga doir Mehnat nizolariga boʻlinadi.
Ya kka tartibdagi Mehnat nizolari — ish beruvchi va xodim oʻrtasida mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasiz. Nazarda tutilgan mehnat shartlarini qoʻllanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Jamoaga doir Mehnat nizolari — ish beruvchi va xodimlar jamoalari oʻrtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash va mavjud shartlarini oʻzgartirish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish, oʻzgartirish va bajarish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar mehnat shatnomasida qatnashuvchi har 2 tarafning harakati yoki harakatsizligi natijasida kelib chiqishi mumkin. Har qanday kelishmovchiliklar ham darajasiga borib yetmaydi. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklar mehnat huquqi subʼyektlari tomonidan turlicha baholanishi mumkin. Baholashdagi kamchiliklar Mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organga murojaat qilingandan boshlab Mehnat nizolari darajasiga borib yetadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
G‘allaorol tumanlararo sudi raisi
G‘.Usanov