Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudi sudyasi D.Almosova tomonidan “Mening mahallam – mening sudyam” g‘oyasi asosida “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz”mavzusidaAyol ojiza, biroq kuchli, ayol zaifa, ammo irodali! Uning irodasi oldida lozim boʻlsa buyuklar bosh egadi. Azaldan erkaklar himoyasida boʻlgan sharq ayollarining qadr-qimmati hamisha eʼzoz-u, eʼtirof etilgan. Biroq soʻnggi paytlarda xotin-qizlarni kuchli jins vakillari tomonidan qadrsizlantirish, ularga tazyiq oʻtkazish, zoʻravonlik qilish holatlari ham afsuski koʻplab kuzatilmoqda.
Zo‘ravonlikning ko‘rinishlari turlicha bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida“ Qonunida zo‘ravonlikning to‘rt asosiy turi belgilangan.
Jismoniy zo‘ravonlikka quyidagilarni kiritish mumkin:
-shapaloq tortish, tepish, turtkilash, musht bilan urish; P zarb bilan itarib yuborish;
-turli o‘tkir buyum va narsalarni otish;
-qurol bilan xavf solish yoki yaralash;
-uydan chiqishga jismonan yo‘l qo‘ymaslik;
kechasi uxlashga qo‘ymaslik va boshqa.
Ruhiy zo‘ravonlikka quyidagilarni kiritish mumkin:
-hissiyot va his-tuyg‘ularni tan olmaslik;
-uning fikrlari ustidan kulish;
-jazo chorasi sifatida jabrlanuvchining hissiyotlariga e’tibor bermaslik;
-yolg‘on so‘zlar aytib, undan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish; P uning do‘stlari va qarindoshlariga xavf yetkazaman deb qo‘rqitish va ular bilan aloqa qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
-jabrlanuvchi bilan ommaviy joylarga chiqishdan bosh tortish; P qarindosh-urug‘lar orasida sharmanda qilish;
-uydan ketishini aytib qo‘rqitish;
-kasal yoki homilador bo‘lganda unga yordam berishdan bosh tortish, tibbiy yordam olishiga qarshilik ko‘rsatish;
-doimiy ravishda tanqid qilish, xafa qilish,g‘azabga keltirish, ya’ni (sen juda semizsan yoki ozg‘insan, axmoqsan, eng bo‘lmag‘ur onasan, to‘shakda bo‘lmag‘ur sheriksan) va hokazo.
Jinsiy zo‘ravonlikka quyidagilarni kiritish mumkin:
-erkakning ayoli bilan faqat jinsiy obyekt singarimuomala qilishi;
- jinsiy aloqadan bosh tortish yoxud ayolga muloyimlik qilmaslik;
- jinsiy aloqa qilishda majburiy xatti-harakatlar qildirish;
- jinsiy aloqani o‘ta shafqatsizlik bilan amalga oshirish;
-zo‘rlash yo‘li bilan jinsiy aloqa qilishga kirishish;
-avval kaltaklab, keyin jinsiy aloqa qilish; -pornografik ko‘rinishdagi buzuq xatti-harakatlarni ko‘rishga yoki takrorlashga majburlash;
-doimiy ravishda hammaga rashk qilish va kimlar bilandir zinokorlikda ayblash va hokazo.
Iqtisodiy zo‘ravonlikka quyidagilarni kiritish mumkin:
- birlamchi ehtiyojlari (oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori) uchun asossiz pul bermaslik; P uy-joydan foydalanish huquqini cheklash;
-ta’lim olish va mehnat qilishga ruxsat bermaslik;
-qancha pul sarflashini nazorat qilish; -o‘zi topgan pulni tasarruf etishga yo‘l qo‘ymaslik;
-oila byudjetidan foydalanish huquqidan mahrum qilish va h.k. harakat (harakatsizlik)da namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunda kengtarqalgan zo‘ravonlikning yana bir turi —kiber zo‘ravonlik. Zo‘ravonlikning ushbu turi internet orqali mutassil davom etuvchi, takroriy va uzoq vaqt davomida birovning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarni amalga oshirishda ifodalanadi.
D.A.Almosova
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
G‘allaorol tumanlararo sudi sudyasi