Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida 1-sektor hududidagi "Mustaqillik" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.
Mazkur sayyor qabulda tuman hokimi Aziz Ergashev, Prezidentning Baxmal tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Furqat Habibullayev, sektor rahbarlari, tumandagi tegishli tashkilot va korхonalar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida aholi tomonidan ichimlik suvi tarmog‘ini tortish, elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolar, yaroqsiz simyog'ochlarni beton ustunlarga almashtirish, mavjud transformatorlarni rekonstruksiya qilish va yaroqsizlarini yangisiga almashtirish, do'lana-taran mahalliy yo'lining ikki kilometr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish, ichki tuproq ko'chalarni shag'allashtirish, O'smat-Uzunbuloq avtomobil yoʻlining mahalla hududidan o'tuvchi 7, 10-kilometri bo'ylab piyodalar yoʻlagi qurish, tezlikni pasaytiruvchi sunʼiy notekislik va mahalla markaziga bankomat o'rnatish, kredit olish hamda bolalar nafaqasi bilan bog‘lik jami 14 ta murojaatlar tinglandi.
Qabulda, 6 ta murojaatlar joyida hal etilgan boʻlsa, vaqt talab etiladigan qolgan 8 tasi masʼullar tomonidan nazoratga olindi.
Baxmal tuman hokimligi
Axborot xizmati