Maktab yoshidagi bolalarni majburiy ta’limga jalb etish maqsadida tumandagi har bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasini hudud va mikrohududlarga biriktirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob, 39-bandi ijrosi yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2023-yil 18-maydagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy ta’limga jalb etish maqsadida tumandagi har bir umumiy o’rta ta’lim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish to‘g‘risida”gi 294-sonli xati o‘rganib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 5-, 6-, 25moddalariga muvofiq
Q A R O R Q I L A M A N:
1.Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2023-yil 18-maydagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy ta’limga jalb etish maqsadida tumandagi har bir umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish to‘g‘risida”gi 294 -sonli xati ma’qullansin.
2.Tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini shaharcha, qishloq va mahalla fuqaro yig‘inlaridagi hudud va mikrohududlarga biriktirish haqidagi ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Tuman hokimining o‘rinbosari (X.Xo‘jamuratov)ga, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i (K.Gulboyev)ga va tumandagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlarining zimmalariga:
- maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga 7 yoshga to‘ladigan yilda to‘liq qamrab olish;
- o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan doimiy monitoring olib borish;
- monitoring natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish vazifasi topshirilsin.
4.Tumandagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalar rahbarlari o‘zlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
5.Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi (Z.Ko‘liyev)ga mahalla fuqarolar yig‘ini raislari bilan birgalikda maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qamrab olish jarayonida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qaror “Baxmal hayoti” gazetasida rasmiy e’lon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
7. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari X.Xo‘jamurotov va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i K.Gulboyevlar zimmasiga yuklatilsin.
скачать dle 12.0