Baxmal tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 6-sonli DMTT xodimlari o‘rtasida Baxmal tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida xodimlarga yangi Mehnat kodeksi bo‘yicha ta’til berish tartibi, Davlat xizmatlari markazi tomonidan berilgan yo‘llanmalarni o‘z vaqtida belgilangan muddatlar ichida markazga yuborish, ota ona va DMTT shartnomasida e’tibor berish kerak bo‘lgan masalalar va boshqa mavzudagi huquqiy masalalar muhokama qilindi.
Targ‘ibot tadbiri davomida xodimlarning boshqa mavzudagi savollariga javob berildi.
Baxmal tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi