REFERENDUM (lot. referendum - bildirilishi kerak bo‘lgan) - umumxalq ovoz berish yo‘li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi.
Referendumning saylovlardan asosiy farqi shundaki, Referendum o‘tkazilayotganda muayyan masala ya’ni qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakat-xalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qo‘yiladi. Saylovda esa biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar ro‘yxati uchun ovoz berilmaydi.
Saylov natijalari majoritar tizimi (Davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga saylovlar tizimidir. Unda saylov okrugida ko‘pchilik ovoz olgan nomzodlar saylangan deb hisoblanadi.) bo‘yicha ham, proporsional tizim (Ovoz berish natijalarini aniklashning birmuncha murakkab tartibi bo‘lib, bunda mandatlar o‘z nomzodlarini vakillik organlariga qo‘ygan siyosiy partiyalar va b. ommaviy harakatlar o‘rtasida ular tomonidan olgan ovozlarning soniga mos ravishda taqsimlanadi.) bo‘yicha ham aniqlanishi mumkin bo‘lsa, Referendum natijalari faqat majoritarizm (mutlaq ko‘pchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi mumkin. Referendumning o‘ziga xos shakli plebissit hisoblanadi. https://qomus.info/encyclopedia/cat-r/referendum-uz ushbu hovaladan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
“O’zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi QONUNIning 1-moddasida, O’zbekiston Respublikasining referendumi O’zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi. Agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, referendumda qabul qilingan qarorlar faqat referendum yo‘li bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Referendum O’zbekiston Respublikasining butun hududida o‘tkaziladi.
Qonunning 5-moddasida, Referendum fuqarolarning o‘z xohish-irodasini umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bildirishi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazish, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumda ishtirok etishi ixtiyoriy va erkinligi, fuqarolarini referendumda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida ularga, shuningdek xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga hech kim haqli emasligi, fuqarolari referendumda teng asoslarda ishtirok etishlar, har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘lishligi, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiq va oshkora amalga oshirilishi va fuqarolarning o‘z xohish-irodasini bildirishi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi hamda fuqarolari referendumda bevosita ishtirok etishlari asosiy prinsiplar etib belgilangan.
Ushbu qonuning 6-moddasida, Referendum o‘tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O’zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egaligi, Respublika hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O’zbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga to‘la haqliligi hamda kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etilganligi belgilangan. Biroq, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emaslar.
Mazkur qonun bilan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda oshkoralik, tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ochiqlik, kuzatuvchilarning huquqlari, qo‘yilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish, o‘tkazish tashabbusi, fuqarolarining referendumni o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish tartibi, tayinlash huquqi, Oliy Majlisining palatalari tomonidan referendumni tayinlash tartibi, okruglarini tuzish, uchastkalari tuzish tartibi va normasi, o‘tkazuvchi komissiyalar, Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari, o‘tkazuvchi okrug komissiyasini tuzish, o‘tkazuvchi okrug komissiyasining vakolatlari, o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini tuzish, o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining vakolatlari, o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalariga a’zolik, o‘tkazuvchi komissiyalarning ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati, o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish, o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlarini tuzish, chet davlatlarda turgan fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlariga kiritish, ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlari bilan tanishtirish, ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatlari xususida bahslashuv, ovoz berish byulleteni, ovoz berish byulletenlarini yetkazib berish, ovoz berish binosi, ovoz berish vaqti va joyi, ovoz berishning boshlanishi, ovoz berishda ishtirok etuvchi fuqaroning shaxsini aniqlash, ovoz berish tartibi, muddatidan oldin ovoz berish, fuqaroning chet davlatda turgan joyida ovoz berishi, referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish, okrug bo‘yicha ovoz berish yakunlarini aniqlash, referendum natijalarini aniqlash, yakunlarini e’lon qilish, qabul qilingan qarorlarning kuchga kirishi, referendumda qabul qilingan qarorlarning majburiyligi, referendumni moliyalashtirish, O’zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun javobgarlik tartiblari belgilangan. https://lex.uz/docs/81253 ushbu hovaladan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan — Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.
Unda yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqilgan. Umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushganligi, takliflarning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olganligini qayd etgan.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilayotganligi, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshayotganligi, Konstitutsiyaning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko‘payotganligini, ya’ni amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanayotganligini qo‘shma yig‘ilish ma’lum qilingan.
Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning siyosiy-huquqiy ahamiyati, ko‘lami va hajmidan kelib chiqib, loyihani yangi tahrirda bayon etishga barcha asoslar borligi , shu bois Konstitutsiyaviy qonun loyihasi nomini “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” deb o‘zgartirilgani bildirilgan.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining matni davlat rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Oliy sud rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ham muhokama etilib, qo‘llab-quvvatlangan. https://kun.uz/news/2023/03/08/amaldagi-konstitutsiya-65-foizga-yangilanadi-oliy-majlis-qonunchilik-palatasi ushbu hovaladan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Mamatqulov Xusniddin Mamarajab o‘g‘li