Mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Internet tarmog‘i vositasida, davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan tizimi eStat 4.0 orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi. eStat 4.0 tizimida mavjud davlat statistika hisobotlarining elektron shaklini O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Axborot maxfiyligi O‘zbekiston Respublikasi "Davlat statistikasi to‘g‘risida"gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq kafolatlanadi.
Mikrofirma va kichik korxonalar (chet el investisiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan tashqari) – 4 martdan kechiktirmay
Chet el investisiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar - 30 martdan kechiktirmay
Baxmal tuman statistika bo‘limi
скачать dle 12.0