Jizzax viloyati Baxmal tumani Barlos QFY xududida joylashgan sobiq “Turon” shirkat xoʼjaligiga tegishli boʼlgan 1970 yil qurilgan 11 ta xonadan, 1 ta karidor va 1 ta verandadan iborat boʼlgan maʼmuriy bino Davlat kadastrlar palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Baxmal tuman filiali mutaxassislari tomonidan toʼplangan xujjatlar asosida oʼrganib chiqildi.
Oʼrganish jarayonida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli “Qishloq xoʼjaligi korxonalarini fermer xoʼjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi, 2003 yil 30 oktyabrdagi 476-sonli “2004-2006 yillarda fermer xoʼjaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorlariga asosan Baxmal tuman hokimining 2004 yil 22 dekabrdagi “Tuman xududidagi shirkat xoʼjaliklarini tugatib, fermer xoʼjaliklariga aylantirish boʼyicha tanlov oʼtqazish toʼgʼrisida”gi 691-sonli qaroriga asosan “Turon” shirkat xoʼjaligining fermer xoʼjaliklariga aylantirish boʼyicha qayta tashkil etish komissiyasi tuzilgan. Baxmal tuman hokimining 2005 yil 26 fevraldagi “Tugatilayotgan xoʼjaliklar hisobidagi infratuzilma obʼektlarini mahalliy hokimiyatlar va tegishli tashkilotlar tasarrufiga oʼtqazish toʼgʼrisida”gi 265-sonli qaroriga asosan Turon shirkat xoʼjaligini tugatish komissiyasining infratuzilma obʼektlarini mahalliy hokimiyatlar va tegishli tashkilotlar tasarrufiga oʼtqazish toʼgʼrisida dalolatnomasi tasdiqlangan. Jizzax viloyati Baxmal tumani Barlos QFY xududida joylashgan 1970 yil qurilgan,oʼlchami 27,80 x 11,30 m. boʼlgan, sobiq “Turon” shirkat xoʼjaligiga tegishli boʼlgan maʼmuriy bino yangi tashkil etilgan “Turon” MChJ shaklidagi agroxizmat markaziga hisobiga oʼtqazilgan.
Jizzax viloyati Baxmal tuman “Yer tuzish va koʼchmas mulk kadastr” xizmati davlat unitar korxonasi tomonidan “Turon” MChJ shaklidagi agroxizmat markazi taqdim etgan xuquqiy xujjatlari va murojaatiga asosan Baxmal tumani Barlos QFY Barlos qishlogʼida joylashgan maʼmuriy binoga kadastr yigʼma jildi shakillantirilgan Jizzax viloyat roʼyxatdan oʼtqazish ofisidan 2007 yil 13 fevralda 01/54-raqam bilan davlat kadastr roʼyxatidan oʼtqazilgan.Davlat roʼyxatidan oʼtqazilganligi toʼgʼrisida 2007 yil 13 fevralda DJ 007783 seriyali guvohnoma berilgan.
Baxmal tumani Barlos QFY xududida faoliyat koʼrsatayotgan “Turon-Taraqqiyot” suv isteʼmolchilar uyushmasi raxbari T.Solievning (“Turon” MChJ shaklidagi agroxizmat markazi nomi oʼzgargan) Baxmal tuman “Yer tuzish va koʼchmas mulk kadastr” xizmati davlat unitar korxonasiga taqdim etgan xujjatlarga asosan (kadastr xujjati yoʼqolganligi toʼgʼrisidagi) maʼmuriy binoga kadastr pasporti shakillantirilgan 2012 yil 24 martda 554-raqam bilan binosi hamda 399-raqam bilan 0,49 gektar yer maydoni davlat kadastr roʼyxatidan oʼtqazilgan.
Zomin tumanida doimiy faoliyat koʼrsatuvchi hakamlik sudining 2013 yil 22-iyuldagi №13/13-15-002-sonli hal qiluv qaroriga asosan Baxmal tumani Barlos QFY Barlos qishlogʼida joylashgan “Turon-Taraqqiyot” suv isteʼmolchilar uyushmasi tegishli maʼmuriy binoga “JIZZAX GRANT SERVIS”MChJ tomonidan Barlos QFY Barlos qishlogʼida yashovchi fuqaro Boʼriboev Shukur nomiga kadastr xujjati rasmiylashtirilgan hamda Baxmal tuman “Ermulkkadastr” xizmati DUK 2013 yil 30 avgustda 554/1-raqam bilan binosi hamda 399/1-raqam bilan 0,49 gektar yer maydoni davlat kadastr roʼyxatidan oʼtqazilgan.Er maydoniga Davlat roʼyxatidan oʼtqazilganligi toʼgʼrisida 2013 yil 30 avgustda OY 417931 seriyali guvohnoma berilgan.
binosiga Davlat roʼyxatidan oʼtqazilganligi toʼgʼrisida 2013 yil 30 avgustda TА 1616928 seriyali guvohnoma berilgan.
Fuqarolik ishlari boʼyicha Gʼallaorol tumanlararo sudining 2015 yil 24 dekabrdagi hal quluv qaroriga koʼra, “Turon-Taraqqiyot” suv isteʼmolchilar uyushmasiga tegishli boʼlgan maʼmuriy binoga Barlos QFY Barlos qishlogʼida yashovchi fuqaro Boʼriboev Shukur nomiga “JIZZAX GRANT SERVIS”MChJ tomonidan tayyorlangan kadastr yigʼma jildi va Baxmal tuman “Ermulkkadastr”DK tomonidan kadastr davlat roʼyxatidan oʼtqazilgan kadastr xujjati haqiqiy emas deb topilgan.
Jizzax viloyati “Yermulkkadastr”DK Baxmal tuman filiali tomonidan 2017 yil 24 aprelda Turon-Taraqqiyot” suv isteʼmolchilar uyushmasiga tegishli boʼlgan maʼmuriy binoga takroran Fuqarolik ishlari boʼyicha Gʼallaorol tumanlararo sudining 2017 yil 9 yanvardagi hal quluv qarorining mohiyatini tushunmagan holda Barlos QFY Barlos qishlogʼida yashovchi fuqaro Boʼriboev Shukur nomiga kadastr xujjati rasmiylashtirib kadastr davlat roʼyxatidan oʼtqazib berilgan.
Fuqarolik ishlari boʼyicha Gʼallaorol tumanlararo sudining 2019 yil 26 iyuldagi hal qiluv qaroriga asosan Jizzax viloyati “Yermulkkadastr”DK Baxmal tuman filiali tomonidan Barlos QFY Barlos qishlogʼida yashovchi fuqaro Boʼriboev Shukur nomiga 2017 yil 24 aprelda “Binolar,inshootlar va koʼp yillik daraxtlarga boʼlgan huquqning davlat roʼyxatidan oʼtqazilganligi toʼgʼrisida”gi JI 0021813 raqamli guvohnoma va 2017 yil 24 aprelda “Er uchastkasiga boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtqazilganligi toʼgʼrisida”gi JI 0023302 raqamli guvohnoma va kadastr xujjati haqiqiy emas deb topilgan hamda javobgarlar Boʼriboev Shukur va Jizzax viloyati “Ermulkkadastr”DK Baxmal tuman filiali hisobidan solidar tartibda Baxmal tuman hokimligi foydasiga 825112,0 soʼm sud harajatlari undirish belgilangan.
Baxmal tumani hokimligi Axborot xizmati