O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 12 oktyabrdagi “Georafik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-303-sonli Qonuni, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-5850-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik ob’yektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek Jizzax viloyati hokimining 20.12.2021 yilda yuborgan 01-1972-sonli chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan, tuman komissiyasi tomonidan tuman hududidagi mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlari, qishloq aholi punktlari, qabristonlar, ziyoratgohlar va ko‘chalar nomlari qaytadan monitoring qilindi va davlat reystridagi nomlar bilan solishtirildi. Natijada davlat reystrida mavjud, tumanda mavjud bo‘lmagan 14 ta qishloq aholi punktlari, nomi, tumandagi mavjud bo‘lmagan 117 ta ko‘cha nomlari davlat reystrida mavjudligi aniqlandi. Shuningdek tumandagi mavjud 3 ta qishloq aholi punktlari, 104 ta qabriston va 11 ta ziyoratgohlar davlat reystriga kiritilmaganligi, yangi tashkil qilingan, davlat ekspertizasidan o‘tkazilmagan 3 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari, 1 ta MFY va 2 ta qishloq aholi punktlarining nomini o‘zgartirish va 1 ta nomsiz qishloq aholi punktlarini nomlash yuzasidan kamchiliklar aniqlandi. Ekspert komissiyasi xulosasiga ko‘ra Baxmal tumani komissiyasi tomonidan taqdim etilgan jami 127 ta geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha taklifidan 110 ta geografik obe’ktlarning nomi geografik ob’yektning nomi qonun talablariga muvofiqligi, 17 ta geografik ob’yektning nomi qonun talablariga nomuvofiqligi aniqlangan, shuningdek 16 ta geografik obektning nomi “Geografik ob’yektlar nomlarining o‘zbek tilida yozilishi” qoidalari asosida normallashtirilgan. Tumanda amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Ko‘liyevaning axborotini muhokama qilib, Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi QAROR QILADI:
Tuman hokimi
M.Anarbayev