Baxmal tumani Adliya bo‘limi YUridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tuman MTBga qarashli 19-DMTTda Prezident qarorlari yuzasidan targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlovchi xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi «Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5168-son qarori qabul qilinib, mamlakatimizning tuman va shaharlarida YUridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilganligi tushuntirildi.
2022 yil 18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “YUridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-173-son qarori e’lon qilindi va 2022 yil 1 avgustdan boshlab yana bir qator davlat organlariga markaz tomonidan xizmat ko‘rsatilishi belgilanganligi aytib o‘tildi.
Undan tashqari, xodimlarning mehnat munosabatlari va boshqa huquqiy savollariga javob berildi.
Baxmal tumani Adliya bo‘limi
YUridik xizmat ko‘rsatish markazi