“Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, nogironlik pensiyalari Chernobil AESdagi avariya oqibatida III guruh nogiroligi bo‘lgan shaxslarga ham tayinlanishi belgilandi.
Shu kunga qadar faqat I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga tayinlanishi belgilangan edi.
Oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari (bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar) yoshi 18 yoshgacha etib belgilandi.
Ilgari 16 yoshgacha edi.
O‘quvchilar va talabalar o‘qishi davomida, 23 yoshgacha boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olishi mumkinligi belgilandi.
Amalda 18 yoshgacha edi.
Bolani parvarishlash ta’tilining ish stajiga qo‘shiladigan davri ko‘pi bilan 6 yil etib belgilandi.
Mazkur qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritulguniga qadar, bolani parvarishlash ta’tilining ish stajiga qo‘shiladigan davri ko‘pi bilan 3 yil etib belgilangan edi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantin va inson uchun havfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan so‘ng pensiya tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat etganda ularga pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan tayinlanishi belgilandi.
Bunga qadar “Fuqarolarning davlat Pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunda cheklov choralari (karantin) davrida pensiya tayinlash muddatlari ko‘zda tutilmagan edi.
X.Abdunazarov
Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
Baxmal tuman bo’limi boshlig’I o’rinbosari