Fuqarolarning pensiya ta’minoti tog’risidagi qonunining 7-moddasiga asosan yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
Ish staji to’liq bo’lmagan taqdirda esa ushbu qonunning 8-moddasiga asosan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
Pensiyalarni tayinlash shartlari
Nogironlik pensiyalari yoshidan qatiy nazar qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi.
Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi:
Yosh |
Ish staji |
23 yoshga qadar |
2 |
23 yoshdan 26 yoshga qadar |
3 |
26 yoshdan 31 yoshga qadar |
5 |
31 yoshdan 36 yoshga qadar |
7 |
36 yoshdan 41 yoshga qadar |
9 |
41 yoshdan 46 yoshga qadar |
11 |
46 yoshdan 51 yoshga qadar |
14 |
51 yoshdan 56 yoshga qadar |
17 |
56 yosh va undan oshganda |
20 |
20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to‘xtatilganidan keyin nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga o‘tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.
Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (17-modda) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.