Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, koronavirus pandemiyasi davrida fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning daromadlarini izchil oshirib borish maqsadida:
2021-yilning 1-sentabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi.
2021-yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 822 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 270 000 so‘m;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 so‘m;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 440 000 so‘m;
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 440 000 so‘m;
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori — oyiga 623 000 so‘m;
1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagyerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — oyiga 2 750 000 so‘m etib belgilandi;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 440 000 so‘m etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 440 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 165 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilandi.