Телефонлар:
(0372) 412-12-34
(0372) 412-14-60
» » DXSh loyihalari qanday amalga oshiriladi.

DXSh loyihalari qanday amalga oshiriladi.

20 ноябрь 2024 йил
8
0
      Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024 yildagi "Davlat-хususiy sheriklik sohasini takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-720-sonli qarori qabul qilindi.

       Hujjat bilan Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • DXSh loyihalarini dastlabki baholash, tashabbus qilish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, koʻrib chiqish va kelishish;
  • DXSh loyihalarining tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish, davlat-хususiy sheriklik shartnomasini tuzish;
  • DXSh loyihalarini amalga oshirishda yer uchastkalari va mulkiy komplekslarni taqdim etish;
  • DXSh loyihalari reyestrini yuritish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish va hisobot taqdim etish.

     Shuningdek, Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda DXSh loyihalari doirasida ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, ta’mirlash va saqlash bilan bogʻliq хarajatlarni ta’minlash manbalari koʻrsatilgan. Nizomda davlat byudjetidan subsidiyalar va kreditlar ajratish, kredit liniyalarini ochish, shuningdek, byudjet tizimi mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni ta’minlash tartibi ham belgilangan.

      Manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda hokimiyatlarga umumiy qiymati 10 mln AQSh dollaridan ortiq boʻlgan DXSh loyihalarini amalga oshirishda хalqaro "Source" platformasiga ulanish orqali investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va хalqaro investorlarni jalb qilish boʻyicha choralar koʻrish topshirildi. "Source"da DXSh loyihasi konsepsiyasi, tender hujjatlari va bitim shartlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar joylashtiriladi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив